Vazirlik 2020 yilning birinçi yarim yilligida davlat qarzi qoldiğining ösişini şakllantiruvçi asosiy omillarni keltirdi.
Ular:
- Özbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolangan taşqi qarz bitimlari doirasida özlaştirilgan mablağlar qoldiği 1,1 mlrd. dollarga;
- Davlat kafolati ostida imzolangan taşqi qarz bitimlari doirasida özlaştirilgan mablağlar qoldiği 0,8 mlrd. dollarga;
- 3 459,8 mlrd. söm miqdorida davlat qimmatli qoğozlari çiqarilişi hamda 450 mlrd. sömga teng içki qarzdorlik söndirilişi natijasida davlat qimmatli qoğozlari qoldiği 3 009,8 mlrd. sömga oşdi.
Davlat qarzi YaIMga nisbati 2020 yil boşiga nisbatan 3,5 foizga oşgan (31.12.2019 y. holatiga 30,5 foiz). Davlat qarzining YaIMga nisbati özgarişining 4,1 foizi Özbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarzlarning özlaştirilişi, 2,2 foizi nominal ayirboşlaş kursi özgarişi, -0,8 foizi real YaIM ösiş sur'ati, -1,1 foizi davlat qarzi böyiça asosiy qarz tölovlari, -0,9 foizi boşqa omillar hissasiga töğri keldi.

2019 yilning 1-yarim yilligi bilan taqqoslaganda 2020 yilning mos davrida:
- real YaIM ösiş sur'atining davlat qarzining YaIMga nisbatiga ta'siri kamroq bölib, bu mazkur davrda real YaIM ösiş sur'atining pastroq sur'at bilan ösgani bilan izohlanadi;
- örtaça nominal ayirboşlaş kursining qadrsizlanişi davlat qarzining YaIMga nisbati 2019 yilning mos davriga nisbatan 1,6 foizga köproq oşişiga sabab bölgan (2019 yilning 1-yarim yilligida 0,6 foiz);
- Özbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarzlar böyiça özlaştiriş 2 mlrd. dollarga kamroq bölgan. Şuni ta'kidlaş joizki, 2019 yilning mos davrida 1 mlrd. AQŞ dollarga teng Özbekiston Respublikasining ilk suveren xalqaro obligatsiyalari joylaştirilgan, şuningdek “Şörtan gaz-kimyo kompleksida işlab çiqarilayotgan tozalangan metan negizida sintetik suyuq yoqilği işlab çiqariş” (GTL) loyihasi doirasida qöşimça 975 mln. mablağlar özlaştirilgan.
2020 yilning 1-yarim yilligi yakuni böyiça jami davlat taşqi qarzining 29,4 foizi yoki 5,1 mlrd. dollari energetika sohasiga, 13,0 foizi yoki 2,2 mlrd. dollari transport transport infratuzilmasiga, 12,9 foizi yoki 2,2 mlrd. dollari uy-joy kommunal xöjaligi sohalariga yönaltirilgan mablağlar hissasiga töğri keladi.












