2025 yilning yakunlariga köra, Özbekistonning davlat qarzi 46,8 mlrd dollarni taşkil etdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobotida keltirilgan.
Ötgan yil davomida davlat qarzi 6,6 mlrd dollarga yoki 16,5 foizga köpaydi. Bunda davlat taşqi qarzi 6,1 mlrd dollarga ösib 39,8 mlrd dollarga, davlat içki qarzi 542 mln dollarga ösib, 7 mlrd dollarga yetgan.
Özbekiston davlat qarzi 2019-2025 yillar oraliğida quyidagiça özgargan:
- 2019 yil –17,8 mlrd dollar (+19,4 foiz);
- 2020 yil – 23,4 mlrd dollar (+31 foiz);
- 2021 yil – 26,3 mlrd dollar (+12,6 foiz);
- 2022 yil –29,2 mlrd dollar (+11 foiz);
- 2023 yil – 34,5 mlrd dollar (+19,5 foiz);
- 2024 yil – 40,2 mlrd dollar (+15,1 foiz);
- 2025 yil – 46,8 mlrd dollar (+16,5 foiz).
Ötgan yil yakunlariga köra, jon boşiga davlat qarzi 1225 dollarni taşkil etdi.
Jalb qilingan qarz mablağlari nimaga işlatilgan?
Hisobot davri yakuniga köra, jami davlat taşqi qarzining 50 foizi (19,8 mlrd dollar) budjetni qöllab-quvvatlaşga, 14 foizi (5,6 mlrd dollar) yoqilği-energetika sohasiga, 8 foizi qişloq va suv xöjaligiga (3,3 mlrd dollar), 8 foizi (3 mlrd dollar) transport va transport infratuzilmasiga, 8 foizi uy-joy kommunal xöjaligiga (3,1 mlrd dollar) yönaltirilgan.
Özbekiston kimlardan qarz olgan?
2026 yil 1 yanvar holatiga davlat taşqi qarzining asosiy qismi quyidagi taşkilotlardan jalb qilingan:
- Jahon banki — 8,9 mlrd dollar;
- Osiyo taraqqiyot banki — 8,3 mlrd dollar;
- Xalqaro investorlar (xalqaro yevrobondlar) — 5,8 mlrd dollar;
- Xitoy moliya taşkilotlari – 3,9 mlrd dollar;
- Yaponiya moliya taşkilotlari — 3 mlrd dollar;
- Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki — 2,3 mlrd dollar;
- Fransiya moliya taşkilotlari – 1,3 mlrd dollar;













