Joriy yilning 9 sentabr kuni videokonferensiya şaklida Mustaqil davlatlar hamdöstligi (MDH) Iqtisodiy forumining birinçi yiğilişi ötkazildi.
Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi xabariga köra, Özbekiston prezidentining taşabbusi bilan taşkil etilgan mazkur tadbirda Hamdöstlik mamlakatlarining iqtisodiy va savdo idoralari rahbarlari qatnaşdi. Özbekiston nomidan boş vazir örinbosari - investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov iştirok etdi.
Yiğiliş kun tartibiga savdo-iqtisodiy, investitsiya va sanoat sohasida hamkorlik bilan boğliq masalalarning keng kölami kiritildi. Iştirokçilar köp tomonlama hamkorlikni mustahkamlaş va qöşma taşabbuslarni ilgari surişda Hamdöstlikning alohida rolini bir neça bor ta'kidladilar. Ular Forumni koronavirus pandemiyasi fonida jahon iqtisodiyoti özgarayotgan bir paytda MDH faoliyatining iqtisodiy ustuvorliklarini işlab çiqiş va barqaror rivojlaniş masalalarini hal etiş hamda mintaqaviy va global darajadagi dolzarb muammolarga qarşi çoralar köriş böyiça nihoyatda muhim va samarali platforma deb hisoblaşga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Tadbir doirasida pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumşatiş va Hamdöstlik mamlakatlarida iqtisodiy faollikni rağbatlantiriş böyiça hamkorlik mexanizmlari yuzasidan konstruktiv fikr almaşildi.
Şu nuqtayi nazardan investitsiyaviy hamkorlikni va özaro savdoni rivojlantiriş, şuningdek, transport-kommunikatsiya aloqalarini tiklaşga qaratilgan inqirozga qarşi qöşma dasturlarni işlab çiqişda mamlakatlararo hamkorlik istiqbollari körib çiqildi.
Pandemiya davrida biznes olamining salmoqli qismini, eng muhim davlat va ta'lim xizmatlarini onlayn rejimga ötkaziş tajribasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirişning ulkan salohiyatini hamda iqtisodiyot va jamiyatning taraqqiy etiş jarayonlarini jadal ravişda raqamlaştiriş zaruriyatini körsatganligi ta'kidlandi.
Şu munosabat bilan Hamdöstlik mamlakatlarining MDH makonida raqamli iqtisodiyot va elektron tijorat sohasida hamkorlik qilişning qöşma dasturini işlab çiqiş va qabul qiliş taklif etildi. Bu savdo, moliya va investitsiyalar, transport, bojxona-tarif tartibga soliş, migratsiya va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida iştirokçi mamlakatlar örtasidagi amaliy hamkorlikni tubdan takomillaştiriş imkonini beradi.

Maşinasozlik, energetika, elektrotexnika, töqimaçilik va farmatsevtika sanoati, qişloq xöjaligi kabi ustuvor yönalişlarda sanoat kooperatsiyasini mustahkamlaşning dolzarbligiga alohida e'tibor qaratildi.
Şuningdek, transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni kuçaytiriş va mazkur yönalişda mintaqaviy ahamiyatga ega qöşma loyihalarni amalga oşirişi istiqbollari muhokama qilindi, bu esa MDH makonining tranzit salohiyatidan yanada samarali foydalaniş imkonini berib MDHga a'zo davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişiga ijobiy ta'sir körsatadi.

Şu bilan birga, iştirokçilar MDHga a'zo mamlakatlarning hududlari örtasidagi infratuzilmani rivojlantiriş va aloqalarni mustahkamlaş muhimligini ta'kidladilar va şu munosabat bilan özaro manfaatli loyihalarni moliyalaştiriş uçun MDH Infratuzilmaviy rivojlaniş jamğarmasini taşkil etiş taşabbusini körib çiqdilar.
Şuningdek, MDH mamlakatlari örtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiya va sanoat aloqalarini faollaştiriş maqsadida Özbekiston taşabbusi bilan muntazam ravişda “Tadbirkorlik taşabbuslari haftaliklari” taşkil etiladi va bu Hamdöstlikka a'zo davlatlarga iqtisodiy hamkorlik masalalari yeçimlariga köp tomonlama formatda yondaşiş imkonini beradi.
Uçraşuv yakunida iştirokçilar MDHda uzoq muddatga möljallangan köp qirrali savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni izçil rivojlantirişni ta'minlaş maqsadida muhokama etilgan yönalişlar doirasida amaliy hamkorlikka ötişga tayyor ekanliklarini bildirdilar.












