Yevroittifoq Londonning Brekzit töğrisidagi kelişuvga bir tomonlama tartibda tuzatiş kiritiş rejasi sababli Buyuk Britaniyaga qarşi huquqiy amaliyot qöllaş imkoniyatini körib çiqmoqda, deb xabar berdi AFP agentligi.

 Buyuk Britaniyaning rejasi Şimoliy Irlandiya töğrisidagi protokol "mavjud bandlarining oçiqçasiga buzilişidir" deyiladi YeI mamlakatlari uçun çiqarilgan ekspertlar xulosasida.

Hujjatda qayd etilişiça, Yevroittifoq bunga javob sifatida Buyuk Britaniyani jarima tölaşi uçun Yevropa sudiga berişi mumkin.  

9 sentabr kuni Buyuk Britaniya hukumati yanvar oyida qabul qilingan YeIdan çiqiş töğrisidagi  kelişuvga tuzatişlar kiritiş töğrisidagi qonun loyihasini taqdim etdi. Loyihaga köra, yil oxirida ötiş davri tugaganidan keyin ham Şimoliy Irlandiyaga Britaniya içki bozoriga "çeklovlarsiz kiriş" imkoniyati beriladi.

 Yevroittifoq va Buyuk Britaniyaning Brekzitdan keyingi munosabatlar böyiça muzokaralari avgust örtalarida qaytadan boşlandi. YeI delegatsiyasi rahbari Mişel Barne 19 avgust kuni özgarişlar "kelişuv bilan ham, kelişuvsiz ham" bölişini, korxonalar ham, fuqarolar ham özgarişlarga tayyorlanişi kerakligini aytgandi.