2020 yilning 20 avgust kuni soat 08:30da Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani «Döğoba» mahallasida 49 yoşli T.P. yaşaş uyining orqa tomonidagi köçaga loydan quygan ğiştlarni qurişi uçun köçaning çeti böylab terib çiqayotgan bölgan.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, şu vaqtda qöşnisi, voyaga yetmagan, 16 yoşli D.R. unga uyi oldiga ğişt qöymasligini, uyiga kirib-çiqişga xalaqit berişini aytganligi sababli, bir-birlari bilan tortişib, janjallaşgan vaqtida, T.P. qölida bölgan temir metalldan işlangan ğişt qolipi bilan voyaga yetmagan D.R.ning boşiga bir marotaba qasddan urib, uning hayoti uçun xavfli bölgan oğir tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Oltinsoy tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan T.P.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. T.P. gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.












