Karton fabrikasi işçisi
Yosixide Suganing otasi bosib olingan Mançjuriyada temir yöl işçisi bölgan, Tokioning Ikkinçi jahon uruşidagi mağlubiyatidan söng Yaponiya şimoliga qoçib ötgan va dehqonçilik bilan şuğullana boşlagan. Yosixide 1948 yilda öşa yerda dunyoga kelgan.
Uning otasi mehnatkaş bölib, qulupnay yetiştiriş bilan şuğullangan, brend yaratib, doimiy xaridorlarga ega bölgan va hatto mahalliy munitsipalitet deputatligiga ham saylangan. Ammo bölajak boş vazirning bolaligi va ösmirligi oson keçmagan - yuqori sinflarda u har kuni 20 km uzoqlikdagi maktabga borib-kelişiga töğri kelgan.
Öqituvçi onasi uning pedagogika institutida öqişini, otasi esa qişloq xöjaligi institutiga kirişini istagan, biroq yoş Suga Tokio haqida orzu qilardi — u dehqonçilikdan, otasining qulupnaylaridan qutulişni istardi. Yosixide poytaxtdagi öqiş uçun tölov eng arzon bölgan universitetlardan biriga öqişga kirdi. Universitetga tölov uçun pulni esa karton qutilar tayyorlaydigan fabrikada, oşxonada işlab, gazeta tarqatib topardi.
Siyosatçining şaxsiy kotibi
Universitetni siyosatşunos diplomi bilan bitirgaç, u xususiy firmaga işga kirdi, ammo tez orada hukmron partiya dunyosiga ötb ketdi. Suga siyosatçilardan birining kotibi böldi va 11 yil şu lavozimda işladi. Yuqori doiralarda aloqalar örnatişga erişgan Suga 1987 yilda öz siyosiy faoliyatini boşladi – Yokohama şahri qonunçilik yiğilişiga, 1996 yilda esa hukmron Liberal-demokratik partiyadan milliy parlamentga saylandi.
Işonçli siyosatçi
2007 yilda bir yil faoliyat olib borgan Sindzo Abe hukumatida Suga vazir lavozimini egalladi. Öşa yili Abe oşqozon yarasi taşxisi bilan şifoxonaga yotqizilgan va uning siyosiy faoliyati yakuniga yetgandek edi.
Ammo Suga uni öziga işonişga majbur qila oldi va 2012 yilgi saylovlarda hukmron partiya ğalaba qozondi. Yosixide hukumat boş kotibi lavozimini egalladi va hozir ham şu lavozimda. U bu lavozimda hammadan köp işlab kelgan siyosatçi hisoblanadi: Sindzo Abe vazirlarni almaştirgan, ammo Suga hamişa öz örnida qolgan — boş vazir unga çeksiz işonç bildirib kelgan.
Yoşiga nisbatan tetik











