Qaror bolalarga körsatilayotgan tibbiy yordam sifatini oşiriş, ilğor xorijiy tajribaga asoslangan diagnostika va davolaş texnologiyalarini, şu jumladan raqamlaştiriş imkoniyatlaridan foydalanilgan holda bolalarga ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam xizmatlarini körsatiş, şuningdek hududiy tibbiyot muassasalari imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan, deb yozadi Norma.
 
Qarorda ta'kidlanişiça, Prezidentning 10.12.2013 yildagi «Koreya Respublikasi hamkorligida va iqtisodiy rivojlaniş jamğarmasining moliyaviy hamkorlikdagi «Bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazini tuziş» loyihasini amalga oşiriş böyiça dastlabki çora-tadbirlar töğrisida»gi PQ-2082-son qaroriga muvofiq bolalarga tibbiy yordam körsatişga ixtisoslaştirilgan 280 örinli bino va inşootlar qurib bitkazildi.
 
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib belgilandi:

  • pediatriyaning barça yönalişlarida diagnostika, davolaş, profilaktika va reabilitatsiya böyiça ixtisoslaştirilgan va yuqori texnologik tibbiy yordam körsatiş, şu jumladan neyroxirurgiya, kardioxirurgiya, otorinolaringologiya kabi sohalarni rivojlantiriş;
  • respublika va hududiy tibbiyot muassasalari hamda tuman (şahar) tibbiyot birlaşmalari faoliyatini pediatriyaning barça yönalişlari böyiça muvofiqlaştiriş, ixtisoslaştiriş, şu jumladan yuqori texnologik diagnostika va davolaş amaliyotlarini joriy etiş;
  • pediatriyaning barça yönalişlari böyiça tibbiyot sohasidagi ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda tibbiyot kadrlarini tayyorlaşda iştirok etiş;
  • bolalar kasalliklari böyiça fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy izlaniş hamda tadqiqotlar olib boriş, ularning natijalarini keng joriy etiş böyiça takliflar işlab çiqiş;
  • xorijiy ilmiy-tadqiqot tibbiyot markazlari, klinikalar va ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda aloqalarni rivojlantiriş, qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş;
  • tibbiy turizm sohasida tibbiy xizmatlar va yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlaş va mazkur xizmatlar eksporti hajmini oşiriş.

Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda joylaşgan hududiy bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazlari Markaz böysunuviga ötkaziladi. Bunda viloyat bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazlari yuridik şaxs maqomini hamda amaldagi moliyalaştiriş tartibini saqlab qoladi.
 
Markaz viloyat bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazlari, şuningdek tuman (şahar) tibbiyot birlaşmalari bolalar bölimi faoliyatiga uslubiy rahbarlikni ta'minlaydi.
 
Qarorga ilovada 2020-2022 yillarda bolalarga körsatiladigan tibbiy yordam sifatini yangi bosqiçga kötarişga yönaltirilgan çora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan, unda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • bolalarga yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlar körsatişning normativ-huquqiy bazasini takomillaştiriş;
  • telemeditsina va boşqa ilğor yuqori raqamli texnologiyalarni qöllagan holda, bolalarga körsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oşiriş;
  • bolalarga yuqori texnologik tibbiy xizmat körsatiş böyiça tibbiyot kadrlarini tayyorlaş, ularning malakasini oşiriş tizimini takomillaştiriş hamda viloyat bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş.

Hujjat 28.08.2020 yildan kuçga kirdi.