Maxsus poyezd reyslari orqali Samara va Yekaterinburgdan ikki mingga yaqin fuqaro olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.
 
Respublika maxsus komissiyasi Özbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Samara viloyatidan, şuningdek, Yekaterinburgdan olib keliş uçun “Toşkent–Kinel–Toşkent” hamda “Toşkent–Yekaterinburg–Toşkent” temir yöl reysini taşkil etiş töğrisida qaror qabul qilgandi.

Rossiya va Qozoğiston tomoni bilan kelişuvga binoan, joriy yilning 12 sentabr kuni “Özbekiston temir yöllari” AJ poyezdi 834 nafar fuqaro bilan “Kinel” stansiyasidan Özbekistonga jönagan edi.

Mazkur poyezd bugun erta tongda Samarqand şahriga yetib bordi. Uşbu reys orqali olib kelingan barça fuqarolar avtobuslarda viloyatdagi karantin zonalariga yetkazildi.

Şuningdek, 12 sentabr kuni 847 nafar özbekistonlik bilan Yekaterinburgdan Özbekistonga jönagan poyezd ham bugun erta tongda Toşkent şimoliy vokzaliga yetib keldi. Uşbu reys orqali olib kelingan barça fuqarolar avtobuslarda Toşkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazildi.