Samara viloyati gubernatori Vaçeslav Fedorişçevning maʼlum qilişiça, 22-avgustga ötar keçasi Ukraina Qurolli kuçlari dronlar yordamida mintaqadagi Ozon logistika majmuasi va «sanoat korxonalaridan biri»ga hujum qilgan.

Uning sözlariga köra, hujum oqibatida bir neça kişi jabrlangan va ularga tibbiy yordam körsatilmoqda.

Gubernator bir neça önta dron urib tuşirilgani yoki radioelektron vositalar yordamida bostirilganini ham maʼlum qildi. Ommaviy hujumdan keyin sanoat korxonasida şikastlanişlar qayd etilgan.

Ozon 500 dan ortiq xodimni evakuatsiya qildi

Hujumga uçragan Ozon logistika majmuasi Samara viloyatining Çapayevsk şahrida joylaşgan. U marketpleysning Volgaböyidagi eng yirik obyektlaridan biri bölib, umumiy maydoni 135 ming kvadrat metrni taşkil etadi.

Ozon vakillari obyektga dronlar hujum qilganini tasdiqladi. Kompaniya maʼlumotiga köra, zarbadan söng ombor hududida yonğin boşlangan.

Kompaniya barça xavfsizlik tizimlari belgilangan tartibda işlagani va bir neça daqiqa içida 500 nafardan ortiq xodim evakuatsiya qilinganini bildirdi. Şunga qaramay, hodisada jabrlanganlar bor.

Ombor faoliyati nomaʼlum muddatga töxtatildi

Hujumdan keyin Ozon Çapayevskdagi logistika markazi faoliyatini nomaʼlum muddatga töxtatdi.

Omborda saqlanayotgan tovarlar marketpleys saytida vaqtinça yaşirilgan. Uşbu markazdan yetkazib berilişi kerak bölgan buyurtmalar bekor qilinişi aytilmoqda.

Şuningdek, xavfsizlik nuqtai nazaridan sotuvçilardan omborga yangi tovarlar qabul qiliş ham vaqtinça töxtatilgan.

Manbaga köra, Ukraina dronlari avval Rossiyaning boşqa marketpleysi - Wildberriesʼning ombor va logistika markazlariga bir neça bor hujum qilgan. Ammo bu Ozonʼning yirik obyektiga jiddiy zarar yetkazilgan ilk holat sifatida qayd etilmoqda.

Iyul oyi oxirida Tatarstandagi Ozon ombori ham dron hujumi hududiga tuşgan, biroq öşanda kompaniya obyekt zarar körmaganini bildirgan edi.

Ozon ombori yaqinida mudofaa korxonalari joylaşgan