Pandemiya davrida aholi daromadining pasaygani tufayli talabalarga yengillik sifatida bu yilgi kontrakt tölovlari kunduzgi şaklda öqiydigan talabalar uçun 10 foizga kamaytirilişi e'lon qilingan edi.
Huquqşunos va bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev uşbu çegirma qöllanilişi natijasida stipendiyali va stipendiyasiz kontrakt qança miqdorni taşkil etişini hisobladi.
Quyidagi soha va yönalişlar uçun stipendiyasiz kontrakt miqdori 8 mln 828 ming söm, stipendiyali kontrakt miqdori 13 mln 964 ming sömni taşkil etadi:
- Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
- Jahon siyosati
- Huquq
Quyidagi soha va yönalişlar uçun stipendiyasiz kontrakt miqdori 8 mln 216 ming söm, stipendiyali kontrakt miqdori 13 mln 352 ming sömni taşkil etadi:
- Soğliqni saqlaş
- Iqtisod
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment
Quyidagi soha va yönalişlar uçun stipendiyasiz kontrakt miqdori 6 mln 994 ming söm, stipendiyali kontrakt miqdori 12 mln 130 ming sömni taşkil etadi:
- Arxitektura, qişloq hududlarini arxitektura-loyihaviy taşkil etiş
- San'at
Quyidagi soha va yönalişlar uçun stipendiyasiz kontrakt miqdori 6 mln 382 ming söm, stipendiyali kontrakt miqdori 11 mln 518 ming sömni taşkil etadi:
- Arxitektura va quriliş;
- Kompyuter texnologiyalari va informatika, aloqa va axborotlaştiriş, telekommunikatsiya texnologiyalari;
- Xizmat körsatiş sohasi;
- Şarq filologiyasi, turkiy tillar filologiyasi, roman-german filologiyasi, tarjima nazariyasi va amaliyoti, özbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti
Quyidagi soha va yönalişlar uçun stipendiyasiz kontrakt miqdori 5 mln 771 ming söm, stipendiyali kontrakt miqdori 10 mln 907 ming sömni taşkil etadi:
- Transport
- Atrof-muhit muhofazasi, hayotiy faoliyat xavfsizligi;
- Gumanitar fanlar
- Jurnalistika va axborot
- Ijtimoiy ta'minot
- Qişloq xöjaligi, qişloq xöjaligida menejment, qişloq xöjalik texnikasi
- Örmon xöjaligi
- Baliq xöjaligi
- Veterinariya
- Irrigatsiya va melioratsiya;
- Matematika, amaliy matematika va informatika
- Tabiiy fanlar
- Muhandislik işi, işlab çiqariş texnologiyalari;
- Pedagogika, kasbiy ta'lim
- Sotsiologiya
- Psixologiya
- Sport faoliyati
Çegirmadan söng, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini hisobga olmaganda, davlat OTMlarida stipendiyasiz eng arzon konrakt 5 mln 771 ming sömni, eng qimmat kontrakt esa 8 mln 828 ming sömni taşkil etmoqda. Stipendiyali eng arzon kontrakt esa 10 mln 907 ming sömni, eng qimmat kontrakt 13 mln 964 ming sömni taşkil etmoqda.
Ma'lumot uçun, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2020/21 öquv yili uçun bakalavriat ta'lim yönalişlarida Özbekiston fuqarolari uçun tölov-kontrakt miqdori stipendiyasiz öqitişda 15 mln 584 ming söm, stipendiyali öqitişda esa 20 mln 720 söm etib belgilangan.
Qöşimça qiliş joiz, yuqoridagi raqamlar rasmiy miqdor emas, bu miqdorlar jamoatçilikka avval e'lon qilingan kontrakt summalaridan kelib çiqib hisoblangan.












