Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijda vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan Özbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qiliş va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillaridan iborat delegatsiya a'zolari Rossiyaga taşrif buyurdi.


Taşrif doirasida Özbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Rossiya Xalqlar döstligi universiteti («RUDN») hamda World Skills Russia (Rossiyaning yoş mutaxassislari) örtasida hamkorlik töğrisida uç tomonlama Memorandum imzolandi.
Uşbu kelişuv Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Qozon va Novosibirsk şaharlarida özbekistonlik mehnat migrantlarini rus tili va kasbga öqitişni közda tutadi.

Unda fuqarolar quriliş, xizmat körsatiş, transport va logistika, texnika va texnologiyalar, işlab çiqariş, avtomobilsozlik sohalarida 25 ta kasb böyiça öqitiladi.


Özbekistonliklarning rus tili, Rossiya tarixi va qonunçiligi böyiça bilim va könikmalarini oşiriş maqsadida «RUDN»ning Özbekistondagi vakolatxonasi faoliyati yölga qöyilgan. Unda Rossiya hududida mehnat faoliyatini amalga oşiriş istagidagi Özbekiston fuqarolariga patent oliş uçun talab etiladigan rus tili böyiça imtihon topşirişga tayyorgarlik köriş, tayyorlaniş mobaynida bepul maslahatlarni oliş imkoniyati taqdim etiladi.







