Britaniya soğliqni saqlaş vaziri Mett Xenkokning ta'kidlaşiça, 28 sentyabrdan karantinga amal qilmaydiganlarga nisbatan ming funt sterlingdan 10 ming funt sterlinggaça (13 ming dollar) jarima solinadi.  

Qat'iy çoralar avvalambor koronavirusga çalinganlar, ular bilan aloqada bölganlar hamda karantin çoralariga amal qilmaydigan iş beruvçilarga taalluqli böladi.

Vazir vaziyat oğirlaşsa, mamlakatda milliy lokdaun ham kiritilişi mumkinligini aytgan va qoidabuzarlar haqida politsiyaga ma'lum qilişga çaqiran.

“Agar qoidalarga rioya qilsak, milliy darajada karantin kiritilişidan qoçişimiz mumkin”, deb aytgan Xenkok.

Jarima miqdori past daromadli fuqarolar uçun 500 funt sterlingni, qolganlar uçun ming funt sterlingni taşkil qiladi. Takroriy qoidabuzarlik uçun 10 ming funt sterling jarima tölaşga töri keladi.  

“Biz bu virusning tarqalişini nazorat qiliş, eng ta'sirçan odamlarning kasallanişi oldini oliş uçun barça imkoni bor işni qilişimiz kerak”, deb ta'kidlab ötgan Britaniya boş vaziri Boris Jonson. 

Şu bilan birga, hukumat karantin tufayli işlay olmaydiganlarga 500 funt sterlingdan tölaş majburiyatini öz zimmasiga olgan.

Britaniya rasmiy idoralari ma'lumotlariga köra, Angliya va Uelsda pandemiya boşlangandan beri karantinni buzganlik uçun 19 mingdan köproq jarima yozib berilgan, biroq uning yarmidan kamroği tölangan.