Nur-Sultonda Qozoğiston Taşqi işlar vazirligining sobiq kotibi Anarbek Karaşev va Qozoğistonning Özbekistondagi sobiq elçisi Yerik Utembayevga hukm çiqarildi, deb xabar berdi sud matbuot xizmati.

Anarbek Karaşev

Karaşev elçixona binosini quriş uçun ajratilgan, şuningdek QQS tölaş uçun möljallangan mablağlarni özlaştirişda ayblangan. Unga tadbirkorlardan pora oliş, pullarni legallaştiriş aybi ham qöyildi.

Yerik Utembayev

Öz navbatida, Utembayev Karaşevga yordam berganlikda ayblandi. Şuningdek, sud majlisida Taşqi işlar vazirligi Xöjalik boşqarmasining sobiq direktori Sakenova (tadbirkorlardan pora oliş), boşqarmaning sobiq xodimlari Nurekenov (suiiste'mol qiliş va pora oliş), Jumasanova (pora olişga yordam beriş), MÇJ rahbari Kutdusov (pora beriş) ayblanuvçilar kursisidan joy oldi. 

Barça sudlanuvçilarga sud tomonidan ayblov hukmi öqildi. Karaşev va Utembayevga 2 yil ozodlikni çeklaş jazosi belgilandi (moddaning sanksiyasi 7 yilgaça çeklaş yoki ozodlikdan mahrum qilişni nazarda tutadi).