Tailanddagi Kxao Yay parki xodimlari mahalliy ekologiyani buzayotganlarga qarşi kuraşiş yölini topişdi. Ular turistlarga özlaridan keyin qoldirgan çiqindilarni poçta orqali qaytarib yuborişadi, deb yozadi VBC.
Parkka taşrif buyuruvçilarni kuzatiş va topiş uçun ular endilikda öz manzillarini körsatişlari şart. Mabodo ular parkka çiqindi taşlab ketişsa, öşa çiqindilar qoidabuzarlarga poçta orqali yuboriladi.
Atrof-muhit vaziri Varavut Silpa-arça özining Facebook akkauntida jönatişga tayyor qilib qöyilgan çiqindilar solingan karton idişlarga suratini joylaştirdi.
«Çiqindingizni özingizga qaytaryapmiz», - deyiladi vazirning postida.
Karton idiş ustiga esa «Bularni Kxao Yay milliy parkida unutib qoldiribsiz» deb yozib qöyilgan.
Bangkokda joylaşgan Kxao Yay milliy parki maydoni 2 000 kv. km bölib, turistlar orasida keng ommalaşgan.












