Buyuk Britaniya boş vaziri Boris Jonson koronavirusning ikkinçi tölqini sababli mamlakatda yangi çeklovlar joriy etilganini e'lon qildi.
Uning sözlariga köra, aholining 8 foizdan kamroq qismi koronavirusga qarşi antitanaga ega, kasallik qayd etilişi holatlarining ösişi esa faqat test oliş hajmining oşişigagina boğliq emas.
"Kuzdan qişga ötgunimizga qadar koronavirus yuqori sur'atlarda tarqaladi. Şuning uçun hozirdan harakat qilişimiz kerak", - dedi Jonson.
"Biz uydan işlay oladiganlarni uyda qolişga çaqiramiz", - dedi u, hukumat ötgan haftada odamlarni ofislarga qaytişga çaqirayotgandi.
Angliyada restoranlar keç soat 10da yopiladi. Barça dökonlar va restoranlar xodimlari niqob taqişi şart böladi.
Jonson aholini turli uçraşuv va tadbirlar ötkazişni töxtatişga çaqiradi. Töylarda iştirok etadigan mehmonlar soni 30dan 15 nafarga kamaytirildi.
Ötgan sutkada Buyuk Britaniyada 4368 kişida koronavirus aniqlangan, 11 kişi vafot etgan. Mamlakatda koronavirus yuqtirganlarning umumiy soni 398 ming 625 nafarga yetgan, 41 ming 788 kişi vafot etgan.












