Rasmiy statistikada jami holatlar 52 mingdan ortdi: hozirgaça 52 259 kişida koronavirus aniqlanib, ulardan 48 606 nafari tuzalgan.

Qurbonlar soni kamida 5 nafarga ortib, SSV statistikasi böyiça 438 nafarga yetdi.

Yangi holatlar (+619)

Sönggi bir hafta içida Namangan viloyatida koronavirusga çaliniş holatlari sezilarli oşdi. 7 kunda jami 421 kişida kasallik aniqlandi. Birgina 21 sentyabrda 115 kişi COVID-19'ga çalingani ma'lum böldi.

  • Toşkent şahri – 314
  • Toşkent viloyatida – 131
  • Namangan viloyati – 115
  • Andijon viloyati – 20
  • Jizzax viloyati – 12
  • Qoraqalpoğiston Respublikasi – 8
  • Buxoro viloyati – 8
  • Navoiy viloyati – 7
  • Farğona viloyati – 4

Tuzalganlar (+674)

Rasmiy ma'lumotlarga köra, Özbekistonda COVID-19 yuqtirib olgani tasdiqlangan bemorlarning 93 foizi tuzalib çiqqan.

  • Toşkent şahri – 396
  • Toşkent viloyati – 130
  • Namangan viloyati – 85
  • Jizzax viloyati – 30
  • Andijon viloyati – 18
  • Buxoro viloyati – 7
  • Qoraqalpoğiston Respublikasi – 4
  • Farğona viloyati – 4

Ölim holatlari (+5)

Soğliqni saqlaş vazirligi Özbekistonda koronavirus tarqalişi masalasida jamoatçilikka oqilona tarzda ma'lumot yetkazişda hamon oqsamoqda. Bugun vafot etgan beşinçi bemor haqida deyarli heç qanday ma'lumot berilmadi.

  • Yunusobod tumanida yaşagan 65 yoşli Z.Ç. (ayol)
  • Şayhontohur tumanida yaşagan 46 yoşli H.I. (erkak)
  • Poytaxtlik 62 yoşli X.Ş. (erkak) (qaysi tumandan ekani ma'lum qilinmadi)
  • Poytaxtlik 31 yoşli S.B. (erkak) (qaysi tumandan ekani ma'lum qilinmadi)
  • Beşinçi qurbon haqida bevosita heç qanday ma'lumot berilmadi. Kun yakunida vafot etgan jami 5 kişidan 3 nafari erkak, 2 nafari ayol ekani aytildi, bundan u ayol kişi ekani anglaşiladi. Şuningdek, statistikada Toşkent viloyatida qurbonlar soni bittaga ortganidan, u ayni şu hududda davolangani oydinlaşadi.

Ayni paytda davolanayotgan 3 215 nafar bemordan 536 nafari oğir, 283 nafari esa öta oğir ahvolda.