Kadrlardan daryo böyida joylaşgan va heç qanday aholi punktiga tutaş bölmagan lagerda bir neça önlab palatkalar borligini, ularda odamlar yaşayotganini köriş mumkin.
Rossiyadagi Özbekiston fuqarolarining Qozoğiston bilan çegaradagi uşbu oblastga töplanişi may oyidan boşlangan edi.
Özbekiston hukumati ayni paytga kelib havo va temir yöl transporti orqali Rossiyaga charter reyslarni sezilarli köpaytirgan, ammo 21 sentyabrdan boşlab Qozoğiston va Qirğiziston bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklagan Rossiya Özbekiston tomonining şu haqdagi sörovini rad etmoqda.
Rossiya va Qozoğiston örtasidagi ötkaziş punktlari ham yopiq qolmoqda.
Yuqoridagi video tarqalişi ortidan, 22 sentabr kuni Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Rossiyadagi vatandoşlarga murojaat bilan çiqdi.

Murojaatda aytilişiça, birgina 21 sentyabrning özida charter aviaqatnovlar, charter temir yöl reyslari va muntazam aviareyslar orqali xorijdan Özbekistonga 5432 kişi kirib kelgan.
Jumladan, duşanba kuni 2641 nafar fuqaroni Özbekistonga olib keliş uçun Moskvadan 6 ta, Sankt-Peterburgdan 3 ta, Rostov-Dondan 1 ta va Turkiyadan 2 ta charter reys amalga oşirilgan.
253 nafar özbekistonlik Minsk, Bişkek va Seul şaharlaridan muntazam reyslar orqali vatanga qaytgan.
Bundan taşqari, 21 sentyabrda «Özbekiston temir yöllari» poyezdlarida 2538 nafar vatandoş Novosibirsk, Rostov-Don va Samara şaharlaridan Özbekistonga yetib kelgan.
«Şuni qayd etamizki, koronavirus pandemiyasi şaroitida fuqarolarning ommaviy töplanişi virusni yuqtiriş xavfini oşiradi. Ayniqsa, soğliği xavf ostidagi toifalar (qariyalar, homilador ayollar, bemorlar, surunkali kasallikka çalinganlar) uçun bu holat yanada xatarlidir.
Rossiya hududida bölgan vatandoşlarimizdan poyezd stansiyalarida töplanmasliklarini, hozirda bölib turgan joylarida qolişlarini va barça karantin talablariga qat'iy rioya qilişlarini yana bir bor söraymiz», – deyiladi Taşqi işlar vazirligi murojaatida.











