Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan aviaqatnovlarni tiklamoqda
Rossiya 1 avgustdan Buyuk Britaniya, Tanzaniya va Turkiyaga, 15 avgustdan Shveytsariyaga parvozlarni tiklagandi.
Rossiya 21 sentyabrdan boshlab Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Belarus bilan aviaqatnovlarni tiklaydi. Bu haqda mamlakat koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor shtabi ma'lum qildi.
"Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, 21 sentyabrdan boshlab Qozog‘iston (Nur-Sulton shahri), Qirg‘iziston (Bishkek shahri) va Belarus (Minsk shahri) bilan o‘zaro asosda aviaqatnovlar tiklanadi", - deb ma'lum qilgan shtab.
Qayd etilishicha, parvozlar haftada bir marta amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, Rossiya 27 sentyabrdan Janubiy Koreya bilan ham aviaqatnovlarni tiklaydi. O‘zaro parvozlar 27 sentyabrdan haftada bir marta yo‘lga qo‘yiladi.
Rossiya 1 avgustdan Buyuk Britaniya, Tanzaniya va Turkiyaga, 15 avgustdan Shveytsariyaga parvozlarni tiklagandi.
Avvalroq 2020 yil 1 oktyabrdan O‘zbekistonga aviatsiya, temir yo‘l va avtoyo‘l o‘tkazish punktlari orqali kirib-chiqishga taqiq bekor qilinishi haqida xabar berilgandi.
Transport vazirligi matbuot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov Rossiya bilan aviaqatnovlar qachon tiklanishi borasidagi savolga javob berarkan, bu masala ko‘proq Rossiya tomoniga bog‘liq bo‘lib turganligini, muzokaralar davom etayotganligini aytgandi.
Mavzuga oid
09:59
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026