Özbekiston boş vaziri örinbosari, işçi guruh rahbari Aziz Abduhakimov Makarenko.uz saytiga bergan intervyusida şaharlar qanday qilib soğlom turmuş tarzi yuritiş uçun qulayroq bölişi haqida sözlab berdi.
“Bizda şu paytgaça aholining soğlom turmuş tarziga yetarliça e'tibor berilmagandi. Ammo bu juda jiddiy masala. Özbekistonda ortiqça vazn va yurak-qon tomir kasalliklaridan ölim foizi yuqori.
Ammo odamlardan nimanidir talab qilişdan avval, ularga şaroit yaratib berişimiz kerak. Muammoni yaxlit holda körib çiqiş lozim. Agar kimdir velosipedda yoki piyoda işga boradigan bölsa, bu soğlom böliş uçun yetarliça kundalik jismoniy maşq hisoblanadi.
Biz "Yangi nafas" loyihasi ğoyasi bilan çiqdik. Bir kunda kamida ön ming, bir oy davomida uç yuz ming, bir yil davomida 3,6 million qadam yurgan şaxsga barça davlat xizmatlari körsatiş sohasida 50 foiz imtiyoz berilişini hamda sport inşootlaridan foydalaniş uçun abonement taqdim etiladi. Biz keksa odamlarni piyoda yurişga undaşni judayam xohlaymiz - bu ular uçun ayniqsa muhim.
Qaror loyihasida mamlakatning har bir tumanida velosiped yölagi va "salomatlik yöli" qurilişi közda tutilgan. Va poytaxtning har bir tumanida. Ya'ni, masalan, Sergeli tumani aholisida öz tumanida velosipeddan foydalaniş va uzoq sayr qiliş imkoni bölişi kerak. Yölaklarning yarmini kelasi yiliyoq quramiz.
Bu yil birinçi marta "Avtomobilsiz kun" ötkazildi, unda men faol qatnaşdim va boşqalarni ham rağbatlantirişga harakat qildim. Uşbu aksiya har yili ötkaziladi. Ongni avtomobildan piyodalar şahriga yönaltiriş kerak. Avtomobil - bu qadriyat emas.
Piyoda yuriş va velosipedlar bilan birga, böş vaqtda uy yaqinida şuğullaniş mumkin bölgan sport turlarini rivojlantirişga katta e'tibor qaratiladi. Yuguriş, piyoda yuriş, mini-futbol, velosport, badminton, voleybol, stritbol va fitnesga alohida ustuvorlik berişga qaror qilindi.
Bu borada ham rejalar katta. Aslida bizda uylar yaqinida ommaviy sport maydonçalari madaniyati rivojlanmagan. Xususiy futbol maydonçalari, bolalar maydonçalari bor. Ammo barça fuqarolar uçun ham bepul sport anjomlari mavjud emas. Şu bois 2025 yilda mamlakatning har bir mahallasida workout-maydonçalarini yaratişni rejalaştirmoqdamiz. Hammasi bölib – 9146ta. Maydonça bölsa, odamlardan "Nega sport bilan şuğullanmayapsiz?", deb söraş mumkin böladi.
Samarasiz sport inşootlarini şaxsiy qöllarga ötkazamiz, ammo tadbirkorlar kam ta'minlangan bolalarni mavsumiy çiptalar, sport kiyimlari va jihozlari bilan subsidiyalaş şarti bilan. Davlat mulkida qoladigan obektlar boşqa model böyiça moliyalaştiriladi. Ulardan foydalanadigan odamlar sonidan kelib çiqqan holda.
Köp qavatli uylar bölmagan hududlarda xalqona sport turlari rivojlanişi kerak. Biz bu sport turlarining ensiklopediyasini tayyorlamoqdamiz. Yoşlarda xalq öyinlariga nisbatan iştiyoq bölişi kerak. Buning uçun musobaqalar ötkazamiz.
Bizda butun dunyodan iştirokçilar qatnaşgan Samarqand yarim marafonini ötkaziş tajribasi bor. Qişki sport turlari böyiça «Chimgan Challenge», «Tashkent Marathon», «Boysun bahori» milliy va xalq öyinlari festivali, badminton böyiça «Uzbekistan Shuttle», «Save Aral» xalqaro velomarafoni va boşqa köplab tadbirlarni ötkazamiz.
"Bu tadbirlarni kim ötkazadi?" deb savol berişingiz mumkin. Buni öylab qöyganmiz va öquv jarayoniga sport menejyeri, promouter, şarhlovçi kabi yangi kasblarni kiritmoqdamiz.. Bizga turli xil sport turlari bilan işlay oladiganlar köproq kerak.
Biz trenerlarning butunrespublika ma'lumotlar bazasini yaratmoqçimiz va odamlar ularni tanlaşlari, maşğulot ötkazişga qulay joy topişlari uçun reyting tizimini joriy etmoqçimiz..
Toğ va ekstremal turizmni rivojlantirişga e'tibor qaratiladi. Odamlar toğlarga borişlari kerak - ammo instruktorlar maktabi, turistik bazalar va marşrutlarini tiklaş kerak. Dam oliş kunlari sayohatga çiqiş yana toşkentliklarning sevimli maşğulotiga aylanişi kerak.
Intellektual mulk va media-kontent bozorini tartibga solamiz. Xorij telekanallari bizning bozorimizga qiziqiş bildirmaydi, çunki bizda qaroqçilik keng rivojlangan, şu sababli ular bizning tadbirlarimizga kelişmaydi va yoritişmaydi, jonli translatsiyalar amalga oşirmaydi.
Şuningdek, soğlom ovqatlaniş böyiça hujjat tayyorlanmoqda. Töğri ovqatlaniş madaniyatini amalga oşiriş borasida oldinda juda katta işlar turibdi. Davlat inson töğri ovqatlanişi - oqsillar, yoğlar va uglevodlar muvozanatini tuşunişi, kaloriyalarni bilişidan manfaatdor. Şunda odamlar kamroq kasal böladi – ularni davolaşning keragi bölmaydi”.












