2020 yil 17 oktabr kuni Özbekiston bilan Yaponiya örtasida ikki yoqlama soliqqa tortişni bartaraf qiliş hamda soliqlarni tölaşdan boş tortiş va böyin tovlaşning oldini oliş töğrisidagi konvensiya kuçga kiradi.

TIV xabariga köra, hujjat Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy taşrifi doirasida 2019 yil 19 dekabr kuni Tokio şahrida imzolangan.

Konvensiya soliq sohasida qulay şart-şaroit yaratiş va soliq ma'muriyatçiligi şaffofligining xalqaro standartlariga javob beradigan ikki tomonlama munosabatlarning mustahkam huquqiy asoslarini şakllantiriş orqali savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatni kengaytirişga qaratilgan.

Hozirda ikki davlat örtasidagi mazkur sohadagi munosabatlar SSSR hukumati va Yaponiya hukumati örtasida 1986 yil 18 yanvardagi daromad soliğiga nisbatan ikki tomonlama soliqqa solişni oldini oliş töğrisidagi konvensiya bilan tartibga solinib kelayotgan edi. Uşbu konvensiyaga nisbatan Özbekistonning huquqiy vorisligi 1994 yil 17 mayda notalar almaşinuvi bilan belgilangan. Yangi konvensiya mazkur hujjatni almaştiradi.