Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 24 sentabr kuni hududlarda tadbirkorlikni rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar muhokamasi yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazildi.

«Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik – iqtisodiyotning ösiş nuqtalaridan biri, aholi bandligini ta'minlaşning katta manbai. Şu bois mamlakatimizda bu sohani rivojlantirişga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Prezidentning farmon va qarorlari qabul qilinib, barça zarur şaroitlar yaratib berildi. Endi hokimlar va sektor rahbarlari işni töğri taşkil etib, yangi korxonalar oçilişi, ularning yaşovçanligi, mahsulotlari hajmi, yaratilgan iş örinlari böyiça natija qilişi kerak.
Özbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 1 maydagi qaroriga asosan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişni reyting baholaş tizimi joriy etilgan edi. Şunga muvofiq, birinçi marta tuman va şaharlardagi iqtisodiy körsatkiçlar, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş muhiti, infratuzilma va mavjud resurslardan foydalaniş darajasi örganildi. Tahlillar asosida ulardagi tadbirkorlik rivoji holati «yaxşi», «örta» va «qoniqarsiz» hududlarga ajratildi. Xususan, 48ta tuman va şahardagi holat «yaxşi», 119tasida «örta» hamda 33tasida «qoniqarsiz» deb topilgan.
Videoselektor yiğilişida uşbu tahlillar asosida joylardagi muammolarni hal etiş, körsatkiçlari nisbatan past bölgan hududlarga kömaklaşiş çoralari muhokama qilindi.

Iqtisodiy kompleksga kiruvçi vazirlik va muassasalar «tadbirkorga xizmat qiluvçi» taşkilotga aylanişi zarurligi ta'kidlandi. «Qoniqarsiz» deb baholangan tuman va şaharlarning salohiyatini yuzaga çiqariş, «yaxşi» hududlarning tajribasini ommalaştiriş muhimligi qayd etildi.
Misol uçun, Samarqand tumanida hududiy sanoat mahsulotlari hajmi 1,1 trillion sömni taşkil etib, aholi jon boşiga 4,5 million sömdan töğri kelgan. Bu Samarqand viloyatidagi eng yuqori körsatkiçdir. Şuningdek, 508ta tadbirkorlik sub'yekti taşkil etilib, yangi iş örinlarining 71 foizi kiçik biznesda oçilgan. Mahalliy budjet tuşumlari sönggi uç yilda 2 baravar ortgan.
Şuningdek, Qamaşi tumanida sönggi uç yilda 802ta yangi tadbirkorlik sub'yekti taşkil etilib, işlamayotgan 132ta korxona qayta tiklangan. Eksport hajmi ötgan yilgiga nisbatan 1,5 barobar oşgan.










