25 sentabr kuni “Markaziy Osiyo mamlakatlarining Suriya va Iroqdan qaytgan şaxslar bilan işlaşdagi tajribasi: muvaffaqiyatlar, muammolar va olingan saboqlar” mavzusida xalqaro videokonferensiya ötkazildi. Tadbir BMTning Aksilterrorçilik boşqarmasi tomonidan preventiv diplomatiya böyiça BMTning Markaziy Osiyo uçun mintaqaviy markazi (PDMOMM) hamkorligida ötkazildi.

BMT Boş Assambleyasining 75-yubiley sessiyasiga parallel tadbir sifatida ötgan muloqot 35 mamlakatdan 200 nafardan ziyod ekspert, jumladan, BMTning maxsuslaştirilgan idoralari — UNICEF, UNESCO, UNDP, UNODC, Inson huquqlari böyiça BMT boş komissarining boşqarmasi vakillarini yiğdi.
Unda Markaziy Osiyo davlatlaridan sudyalar korpusi, huquqni muhofaza qiluvçi organlar, diplomatlar, tadqiqot markazlari iştirok etişdi.
Xalqaro onlayn forum moderatori sifatida Özbekiston Respublmkasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqaviy tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov çiqiş qildi.

Tadbir davomida qatnaşuvçilar terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş masalalarini muhokama qilişdi, Markaziy Osiyo davlatlarining ekstremistik dunyoqaraş tarafdorlarini radikallikdan xalos etiş, qurolli töqnaşuvlar zonasidan qaytarib kelingan şaxslarni ijtimoiy reintegratsiya va reabilitatsiya qiliş, bu sohadagi xalqaro amaliyot bilan tanişişdi.
Onlayn forumni oçar ekan, Eldor Aripov xalqaro kun tartibida ekstremizm va terrorizm tahdidlari hamon öz dolzarbligini yöqotmaganligini qayd etdi. Şu sababli u Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning BMT Boş assambleyasi 75-sessiyasida ilgari surgan, BMTning Markaziy Osiyodagi global aksilterrorçilik strategiyasini amalga oşiriş böyiça Qöşma harakatlar rejasi qabul qilinganining 10 yilligiga bağişlangan xalqaro konferensiya ötkaziş töğrisidagi taklifi örinli va zarur bölganiga urğu berdi.
BMT Boş kotibining örinbosari, BMT aksilterrorçilik boşqarmasi rahbari Vladimir Voronkovning ta'kidlaşiça, BMT boş kotibi Antoniu Guterrişning qurolli töqnaşuvlar zonasidan ayollar va bolalarni olib çiqiş töğrisidagi çaqiriqlariga Markaziy Osiyo davlatlari birinçi bölib javob bergan.

Şavkat Mirziyoyevning Qöşma reja qabul qilinganligining 10 yilligiga bağişlab taşkillaştiriladigan xalqaro konferensiya böyiça taklifini bor imkoniyatlar bilan qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanligini bildirar ekan, Voronkov Markaziy Osiyo davlatlari xalqaro majburiyatlar hamda BMT Xavfsizlik Kengaşining terrorçilikka qarşi kuraşiş sohasidagi tegişli rezolyutsiyalarni bajarişda barça davlatlarga örnak ekani, bu tajriba xalqaro hamjamiyat uçun örganişga arzirli ekanini ta'kiladi.
BMT Boş kotibining Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili, PDMOMM rahbari Natalya German Global aksilterrorçilik strategiyasini amalga oşirişda BMTning Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligi tajribalari bilan örtoqlaşar ekan, mintaqa mamlakatlari Suriya va Iroqqa borib qolgan fuqarolar, ayniqsa ayollar va bolalarni ortga qaytariş masalasini yeçişda ança ildam qadam bosib qöyganini qayd etdi.

Markaziy Osiyo mintaqasida jangarilar va ularning oila a'zolarini repatriatsiya, reabilitatsiya va reintegratsiyasiga kompleks yondaşuv şakllanganini ta'kidlab, preventiv diplomatiya böyiça BMTning Markaziy Osiyo uçun mintaqaviy markazi bundan keyin ham mintaqa mamlakatlarini terrorçilikka qarşi kuraşişning keng kontekstida ham, xususan, xorijiy jangarilarga qarşi turiş kabi muayyan sohalarda ham qöllab-quvvatlaşini bildirdi.
Natalya German Markaziy Osiyo davlatlari bilan birgalikda global aksilterrorçilik strategiyasini amalga oşiriş böyiça Qöşma harakatlar rejasini qayta körib çiqiş, xorijiy jangari-terrorçilar fenomenini hisobga olib, yangi reallikka moslaştiriş taşabbusini qöllab-quvvatladi.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2021 yilda Qöşma reja qabul qilinganligining 10 yilligiga bağişlangan xalqaro konfenrensiya ötkaziş taşabbusini BMTning narkotiklar va jinoyatlar böyiça boşqarmasi (UNODC) ning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili Aşita Mittal ham qöllab quvvatladi.

A.Mittal inson huquqlari va erkinliklarini himoya qiliş, terrorçilikka sabab böluvçi tub sabablar masalasiga e'tibor qaratiş muhim ekanligini ta'kidladi.
Tadbir davomida Markaziy Osiyo davlatlari hamda BMTning boşqa maxsus idoralari vakillari sözga çiqişdi. Qatnaşuvçilar diqqatiga real voqealar asosida suratga olingan, terrorçi-jangarilar va ularning oilalarini repatriatsiya qiliş sohasida mintaqa davlatlarining tajribasidan hikoya qiluvçi animatsion rolik qöyib berildi.
Muloqot qatnaşuvçilari mintaqa hukumatlari repatriantlarga ularning ijtimoiy moslaşuvi va reintegratsiyasi uçun har tomonlama ijtimoiy-huquqiy va moddiy yordam körsatişganini qayd etişdi. Radikallaşuvdan xalos qiliş — bu jamoat taşkilotlari, ta'lim muassasalari va OAV jalb etiladigan murakkab çoralar majmui ekanligi, uni faqat davlatning oliy darajadagi qöllovi şarti bilan bajariş mumkinligi ta'kidlandi.
Videokonfrensiyada iştirok etgan BMTning maxsuslaştirilgan idoralari vakillari, ekspertlar va mutaxassislar Markaziy Osiyo tajribasi qimmatli saboqlar çiqarişga xizmat qilişi va boşqa davlatlar uçun foydali bölişi mumkinligi borasida yakdil fikrga kelişdi.
Tadbir yakunida qatnaşuvçilar Markaziy Osiyo davlatlari repatriatsiya böyiça xalqaro sa'y-harakatda yetakçi ekanligi, taqdir taqozosiga köra qaynoq nuqtalarda bölib qolgan fuqarolari uçun jipslik va mas'uliyat namoyon etayotganligi ta'kidlandi.











