Ma'lumotlarga köra, kelişuv Yamandagi vaziyatni tartibga soliş böyiça Stokholm jarayoni doirasida imzolangan va unga BMT rahnamoligida erişilgan.  

Kelişuvga köra, umumiy hisobda 1081 kişi – 681 nafar husiyçi va hukumat kuçlarini qöllab-quvvatlovçi 400 kişi asirlikdan ozod etilgan. Fevralda ham qarama-qarşi tomonlar orasida 1,4 ming asirni özaro almaşiş böyiça kelişuv imzolangan.

Yamanda 2014 yil avgustidan beri hukumat kuçlari va husiyçilar örtasida qarama-qarşilik davom etib kelmoqda. 

2018 yil dekabrda Stokholmda boşlangan Yaman böyiça maslahatlaşuvlarda bir qator kelişuvlarga erişilgan. Jumladan, Şvetsiya poytaxtida imzolangan kelişuvga köra husiyçilar va hukumat jangovar harakatlarni töxtatib, qurollangan tuzilmalarni bir qator hududlardan olib çiqişni va asirlarni almaşiş böyiça jarayonni boşlaşga kelişib olgan.