Ilk bemorimiz Sunnatillo Rahmatullayev, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidan. 15 yoşli Sunnatilloga joriy yilning fevral oyida oqqon taşxisi qöyilgan. Dastlab Termizda davolangan bemorni Toşkent şahridagi Gematologiya va qon quyiş ilmiy tekşiriş institutiga köçirganlar.
– Oilamiz noçor, bolamning davolanişlariga bor-budimizni sotişga majbur böldik, – deydi bemorning otasi Izzatillo aka. Ötgan 8 oy içida Toşkent-Surxon oraliğida qatnab bölarim böldi.

Öğlimga “Oğir formadagi aplastik anemiya” taşxisi qöyilgan. Agar zarur dori-darmonlar yetkazib turilsa, umumiy davolaniş kursi 2-3 yilni taşkil qilarkan. Bolam oğriqlardan qiynaladi, tunlari uxlolmaydi. Dori izlab, dori topsam pul izlab ezilib yurganlarimni özim bilaman. Bu azoblarning yana şunça vaqt davom etişini öylasam örtanib ketaman...
Yaxşiki saxovatli insonlar bor, endi bor umidim şulardan. Öğlimga va biz kabi bemorlarga yordam berganlarning biriga ming bersin Allohim, – sözlarini yakunladi Izzatillo Tolibov.
Sunnatillo Rahmatullayevga oid ma'lumotlar:
Özkard: 8600060947086295 (Xalq banki, tanişi Manzura Mahkamova nomida)
Viza: 4097821100707210 (otasi Izzatillo Tolibov nomida)
Sberbank: 2202201214913234 (toğasi Ma'rufjon Jörayev nomida)
Humo: 9860020110148085 (otasi Izzatillo Tolibov nomida)
Telefon: +998990753504 (otasi)
* * *
Keyingi bolajon 4 yoşli Farhodbek Fayzullayev, Samarqand viloyati Narpay tumanidan kelib davolanmoqda. Yarim yildirki oqqon kasalligi bilan kuraşmoqda.
– Öğlim 4 yoşga kirgan bölsa ham ança aqli kirib qolgan. Kasallik bolani ulğaytirib qöyadi, deyişganida işonmasdim. Taqdir ekan, öz bolamda şu narsaning guvohi böldim. Bolamning közlarida quvonç öynaydigan vaqtida mung egallab olgan. Qaraşga, gaplaşib ötirişga qörqaman. Qanday könglini kötarişni bilmay qolaman ba'zida...

Heç kimning bolasi kasal bölmasin ekan. Ayniqsa mana bunday kasallik oilalarni qiynamasin, biz ham hamma narsamizni sotib bölganimizdan keyin saxiy insonlardan yordam söraşga majbur böldik, – deydi Farhodbekning onasi Orasta Hakimova.
Farhodbek Fayzullayevga oid ma'lumotlar:
Özkard: 8600041742657282 (Agrobank,onasi Orasta Hakimova nomida)
Viza: 4231200000831049 (amakisi Jasurbek Xayrullayev nomida)
Sberbank:4276400096779443 (toğasi Komiljon Jumayev nomida)
Humo:9860030318512479 (Agrobank,onasi Orasta Hakimova nomida)
Telefon: +998938327100 (onasi)
* * *
Navbatdagi bemorimiz Qaşqadaryo viloyati Kitob tumanidan kelgan Uyğun Karimov böladi. 26 yoşli Uyğunga 2019 yilning dekabr oyida “Ötkir limfoblast leykoz” taşxisi qöyilgan va şundan buyon uzluksiz davolanmoqda.
– Bir farzandim bor, hali gödak. Kasalligimdan ham köra öğlim Azizbekning taqdiri köproq taşvişlantiradi meni. “Birgina bolam kimga qoladi?” degan öy tinçlik bermaydi...

Bu şunday kasallik ekanki, azobini bir özing tortib qutulmas ekansan, ortingdan butun oilang dardga kömilarkan. Imkoni borlar davolanib ketişayapti, biz kabi qöli qisqalar dori ololmay har kimning köziga tikilib yuribmiz. Qani endi soğlom bölsam-u, mehnatim bilan özim ham bemorlarga yordam bera olsam, – deydi Uyğun.
Uyğun Karimovga oid ma'lumotlar:
Özkard: 8600041779705848 (Agrobank, Uyğun Karimov nomida)
8600060498635854 (Xalq banki, Uyğun Karimov nomida)
Viza: 4097821100709042 (onasi Oydin Eşonqulova nomida)
Sberbank: 4276500043302932 (tanişi Sayfulla Tilavov nomida)
Humo: 9860020110938741 (onasi Oydin Eşonqulova nomida)
Paynet: +99899 6688004
Telefon: +998996763121 (otasi)
* * *
Sönggi bemorimiz Turğunoy Mahmudova. 2008 yil 18 mart kuni Andijon şahrida tuğilgan. Oilada yagona farzand bölgan Turğunoy kelajakda şifokor bölib, öziga öxşagan bemorlarni davolaş niyatida.

– Yolğiz bolam Turğunoy oqqon kasalligi bilan 2019 yil noyabr oyidan beri kuraşib kelmoqda. Har kuni ertalab közini oçarmikan, degan savol bilan uyğoniş, yoniga borib nafas olyaptimi, deb yuziga boqiş juda katta azob. Bu holatni duşmanimga ham ravo körmayman, - deydi onasi Dildora opa Rasulova.
Turğunoyga Mahmudovaga oid ma'lumotlar:
Özkard: 8600 0604 9986 6326 (otasi Ğaniyev Ozodbek nomida)
Sberbank: 4276 4000 7942 1799 (tanişi Ilhomjon Yunusov nomida)
Telefon raqami: +99891 484 46 80
Azizlar! Gematologiya va qon quyiş ilmiy markazi bemorlari bizning doimiy qahramonlarimiz. Ularning har bir kuni sinovlardan iborat, har tongni xursandçilik bilan kutib oladilar. Lekin ularni bir umumiylik boğlab turadi – har biri sizning kömagingizga muhtoj. Öylaymizki umid közlarini tikib turgan bemorlarning könglini kötariş, duolarda şifo söraşni unutmaysiz.
Abror Zohidov.












