2020 yil 24 sentyabrda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Özbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalişining oldini oliş tadbirlariga ajratilayotgan mablağlarning samaradorligini ta'minlaşga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida» qarori e'lon qilindi.
Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabar berişiça, mazkur qarorga köra, xodimlarga iş hajmidan kelib çiqib, kunbay işlaş şaroitida har 30 kunlik davr uçun iş yuklamasini inobatga olgan holda har oylik iş faoliyati yakuni böyiça quyidagi miqdorlarda (soliqlardan taşqari) maxsus tölov belgilandi:
- vraç xodimlarga, vraç-laborantlarga – 25 million söm;
- boşqaruv va örta tibbiyot xodimlariga, hamşira-laborantlarga – 15 million söm;
- provizor-farmatsevt xodimlarga – 10 million söm;
- dizenfektor va kiçik tibbiyot xodimlariga – 8 million söm;
- boşqa xodimlarga – 5 million söm.
Şuningdek, anesteziolog-reanimatolog vraçlarga ham maxsus qöşimça rağbatlantiriş tölovlari hisob-kitob qilinadi va tölab beriladi.
Statsionar tibbiyot muassasalari hamda laboratoriyalarga jalb qilingan xodimlarga maxsus tölovlar:
- xodim joriy yilning 20 avgust kunigaça faoliyat yuritgan bölsa, uning 14 kunlik faoliyati yakuni böyiça hisob-kitob qilingan bölişi kerak. Bunda, 14 kunlik faoliyati yakuniga qadar amalda bölgan şartlar saqlab qolinadi.
- xodim joriy yilning 20 avgust kunidan keyin jalb qilingan bölsa, 30 kunlik davr uçun har oy yakuni böyiça hisob-kitob qilinadi.
Bundan taşqari, mazkur qaror qabul qilingan sana, ya'ni 2020 yilning 24 sentyabriga qadar maxsus tölovlar amalga oşirilişida vraç xodimlarga, vraç-laborantlarga - 25 million söm, örta tibbiyot xodimlariga, hamşira-laborantlarga 15 million söm, kiçik tibbiyot xodimlariga 10 million söm va boşqa xodimlarga 5 million söm amalda bölgan miqdorlari saqlab qolinadi.
Şuningdek, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar joylaştirilgan statsionar davolaş muassasalari rahbarlari va bevosita davolaş işlari bilan şuğullanuvçi uning örinbosarlariga vraçlar uçun belgilangan maxsus tölov, ya'ni 25 million söm miqdoridagi tölov tatbiq etiladi.












