Ta'kidlanişiça, ajratilgan 200 million dollar mamlakat energetika sohasida moliyaviy barqarorlik va yetarli investitsion kömakni ta'minlaş uçun yönaltiriladi.

«Uşbu turdagi kredit Özbekistonning energetika sohasida qiyin islohotlarni qöllab-quvvatlaş va xususiy sarmoyalarni çuqurlaştiriş uçun juda muhimdir. Uşbu dastur xususiy sektor iştirokini rağbatlantiriş orqali, hukumatning iş örinlarni yaratiş va aholi turmuş sifatini oşiriş böyiça yakuniy maqsadlarini qöllab-quvvatlaydi. Toza energiyaga ötiş zamonaviy va işonçli energetik infratuzilmani rivojlantirişni jadallaştirişga qaratilgan islohotlarning markazida böladi, bu esa issiqxona gazlari çiqindilarining tarkibiy qisqarişiga olib keladi», — deydi bankning energetika yönalişi böyiça mutaxassisi Syong Dak Kim.

OTB «Özbekenergo» içki tuzilmasini isloh etiş hamda taşkilotning institutsional özgarişini qöllab-quvvatlab, energetika sohasida xususiy kapital köpayişiga intilmoqda. 

2020 yil 1 iyul holatiga Özbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldiği dastlabki hisob-kitoblarga köra 19,4 milliard dollar ekvivalentini yoki yalpi içki mahsulotga (YaIM) nisbatan 34,0 foizni taşkil etdi. Şu paytgaça, Özbekiston davlat taşqi qarzining 3,9 milliard dollar qismi OTBdan olingan.