27 sentabr kuni «Özbekiston temir yöllari»ning yana bir reysi Samara oblastidagi özbekistonliklarning oxirgi qismini vatanga olib qaytdi. Bu haqda Samara oblasti hukumatidagi manbaga asoslanib «Interfaks» agentligi xabar tarqatdi.

Agentlik suhbatdoşining sözlariga köra, poyezd «Kinel» temir yöl stansiyasidan Toşkentga qarab yöl olgan. Uning sözlariga köra, jönab ketganlar Kinel lagerida qolgan sönggi guruh edi.

U vaqtinça yaşaş punktida heç kim qolmagani, lagerdagi palatkalar yiğiştirilayotganini ma'lum qilgan.

Senyabr oyi boşida Samara yaqinida minglab özbekistonliklar vatanga qaytiş umidida töplangani xabar qilingandi. Mahalliy hukumat ularga Kinel rayoni hududida vaqtinça yaşaş uçun joy qilib bergan, çodirlarni isitiş çoralari körilgan. Hududda mehnat migrantlari köpayişining oldini oliş maqsadida nazorat-ötkazuv punktlari tiklangandi.

Keyinroq ularni olib ketiş böyiça işlar federal darajada taşkil etildi, maxsus işçi guruh tuzildi.

Umuman olganda, may oyidan beri Samara oblastidan Özbekistonga 10 mingga yaqin özbekistonlik qaytarilgan. 12, 14, 19 va 23 sentyabrda oblastdan poyezdda 3,5 ming kişi Özbekistonga jönatilgan, 16 sentyabrda esa 150ga yaqin kişi samolyotda uçib ketgan.

Samaradan 25 sentabr kuni 800dan ortiq, 26 sentabr kuni esa 900dan ortiq özbekistonlik vatanga qaytarildi.