Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabandaga qarşi kuraşiş va bojxona auditi bölimi xodimlari tomonidan navbatdagi bojxona qonunbuzilişi holatiga çek qöyildi.
Fuqaro A.O. boşqaruvida bölgan «Isuzu» rusumli yuk avtotransport vositasi töxtatilib, közdan keçirilganida, uning yukxonasida xorijda işlab çiqarilgan va heç qanday hujjatlari bölmagan, umumiy qiymati 533,4 million sömlik 1046 dona uyali aloqa vositalari,160 dona dazmol, 48 dona çangyutgiç, 26 dona kabob pişiruvçi moslamalar, 12 dona blender kabi maişiy texnika tovarlari borligi aniqlandi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro R.Ş. ning «Lasetti» rusumli avtotransport vositasi közdan keçirilganida, uning yukxonasidan xorijda işlab çiqarilgan va heç qanday xujjatlari bölmagan, umumiy qiymati 12 950 000 sömlik, 15 xil turdagi jami 37 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.
Şundan söng fuqaro R.Ş.ning vaqtinçalik yaşaş manzili közdan keçirilganida, xonadonda xorijda işlab çiqarilgan va heç qanday xujjatlari bölmagan, umumiy qiymati 448 million sömlik 5 xil turdagi jami 1120 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.
Ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida, umumiy qiymati 994 350 000 sömlik tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga çek qöyildi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
«Isuzu»dagi blenderlar manzilga yetib bormadi

Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabandaga qarşi kuraşiş va bojxona auditi bölimi xodimlari Farğona viloyati bojxona boşqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga qarşi tezkor tadbir ötkazildi.
Tadbir davomida fuqaro M.U. boşqaruvidagi «Isuzu» rusumli yuk avtotransport vositasi töxtatilib, örnatilgan tartibda közdan keçirildi. Natijada, avtoulovda tegişli hujjatlari bölmagan, xorijda işlab çiqarilgan umumiy qiymati 120 million sömlik blenderlar borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga çek qöyildi

Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabandaga qarşi kuraşiş va bojxona auditi bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro E.X. boşqaruvidagi «Isuzu» rusumli avtotransport vositasi töxtatilib, közdan keçirildi.
Natijada uning avtoulovi yukxonasida xorijda işlab çiqarilgan va heç qanday hujjatlari bölmagan, umumiy qiymati 45 million sömlik, 2500 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
129,5 million sömlik tovar moddiy boyliklarini noqonuniy aylanmasiga çek qöyildi

Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabandaga qarşi kuraşiş va bojxona auditi bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro B.X. boşqaruvida bölgan «Isuzu Saz» rusumli avtotransport vositasi töxtatilib, közdan keçirildi.
Natijada, avtoulov yukxonasida xorijda işlab çiqarilgan va heç qanday hujjatlari bölmagan, umumiy qiymati 129,5 million sömlikni taşkil etuvçi 2400 dona diplayner va köz qalami, 57 dona elektr ustara, 40 dona epilyator, 720 dona közlar uçun maskalar va 164 dona elektr ustaralari borligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari davom ettirilmoqda.












