Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Boku tomonidan harbiy harakatlar töxtatilişining yagona şarti Toğli Qoraboğ hududidan Armaniston qurolli kuçlarining tölaligiça va zudlik bilan olib çiqib ketilişi ekanligini aytdi. Bu haqda Media.az xabar bermoqda.
«Armaniston boş vaziri bizga şart qöymoqda, u yettita şart qöydi. Biz bu şartlarni rad etişimiz haqida yaqinda aytgandim. Bizda faqat bitta şart bor — Armaniston qurolli kuçlari bizning yerlarimizni töliq tarkibda va zudlik bilan tark etişi lozim. Bu şart öz kuçida va agarda Armaniston hukumati uni bajarsa, janglar töxtaydi, qon tökilişiga çek qöyiladi va mintaqada tinçlik örnatiladi», — degan Aliyev yaralangan harbiylar bilan uçraşuv çoğida.
Avvalroq Aliyev Toğli Qoraboğdagi vaziyat böyiça Yerevan bilan muzokaralar uçun imkoniyat körmayotganligini aytgandi. U buni Armanistonning Toğli Qoraboğ maqomi böyiça tutgan pozitsiyasi bilan izohlagan.
Nikol Paşinyan Rossiya televideniyesi efirida qilgan çiqişida agar muzokaralar YeXHTnning Minsk guruhi şaklida ötkazilsa, Armaniston muzokaralarga tayyor ekanligini aytgandi.












