Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Özbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boşqariş töğrisida”gi qonuni loyihasi e'lon qilindi.

Faqat davlat egaligida bölişi mumkin bölgan mulklar quyidagilardan iborat:

moddiy madaniy meros, şu jumladan davlat, milliy va axborot-kutubxona fondlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari fondlari, şuningdek arxivlar, muzeylar va qöriqlanadigan tabiat hududlarida saqlanadigan obektlar;

pul muomalasi xizmati böyiça davlat taşkilotlari, qimmatli qoğozlar, ordenlar, medallar va poçta tölovi belgilari işlab çiqarilişini ta'minlovçi korxona va taşkilotlar;

Özbekiston Respublikasi Qurolli kuçlari va Davlat xavfsizlik xizmati, şuningdek huquqni muhofaza qiliş organlari davlat korxonalari, muassasalari va harbiy-texnika mulklari (sanoat utilizatsiyasi amalga oşirilişiga qadar, şuningdek sanoat utilizatsiyasiga taalluqli bölmagan);

ilmiy-tadqiqot, tajriba-loyihalar işlari, ionlaştiruvçi nurlaniş manbalaridan foydalangan holda qurilmalar va uskunalarni işlab çiqiş, işlab çiqariş va sotişni amalga oşiruvçi korxonalar va obektlar;

radioaktiv elementlarni qazib oliş, işlab çiqariş, taşiş, qayta işlaş, radioaktiv çiqindilarni yöq qiliş, uran va boşqa bölinadigan materiallarni, şuningdek ulardan olingan mahsulotlarni sotiş bilan şuğullanadigan korxonalar va obektlar;

qurol va öq-dorilar, himoya vositalari, harbiy texnika, ular uçun ehtiyot qismlar, butlovçi qismlar va buyumlar, pirotexnika buyumlari, şuningdek ularni işlab çiqariş uçun maxsus materiallar va jihozlarni işlab çiqiş, işlab çiqariş, ta'mirlaş va sotiş bilan şuğullanadigan korxonalar;

ov va sport qurollari va öq-dorilar, şuningdek qirrali qurollarni (milliy suvenir piçoqlaridan taşqari) işlab çiqariş, ta'mirlaş va sotiş bilan şuğullanadigan korxona va taşkilotlar;

kuçli zaharlar, giyohvandlik va zaharli moddalarni işlab çiqaradigan, şuningdek tarkibida giyohvandlik va zaharli moddalar bölgan ekinlarni ekiş, yetiştiriş va qayta işlaş bilan şuğullanadigan korxonalar;

Özbekiston Respublikasi davlat rezervlari, fuqaro muhofazasi va safarbarlik maqsadlari obektlari va mulklari;

atom energetikasi va strategik ahamiyatga ega obektlarda quriliş-montaj işlari, ekspluatatsiya va ta'mirlaş işlarini (uskunalar, tizimlar va apparaturalarni örnatiş) amalga oşiradigan ixtisoslaşgan korxonalar va taşkilotlar;

portlovçi va zaharli moddalarni taşişni amalga oşiruvçi maxsus korxonalar;

umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllari;

sanitariya-epidemiologik stansiyalar. Sud-tibbiyot ekspertizasi byurosi. Atrof-muhit va tabiat muhofazasi nazorati xizmatlari;

maxsus maqsadga ega korxonalar (Radioaloqa, radioeşittiriş va televideniye markazi, Respublika maxsus aloqa boğlanmasi, Özbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boşqariş respublika markazi, Elektromagnit moslaşuv markazi).

qabristonlar.

Respublika egaligida bölgan mulk munitsipal mulkka, şuningdek munitsipal mulk respublika egaligidagi mulkka ötkazilişi mumkin.