Millioner iştirokidagi avtohalokat York şahri yaqinidagi Elvington aerodromida yuz bergan. Bu yerda 2006 yilda Top Gear körsatuvining sobiq boşlovçisi Riçard Xammond ham avariyaga uçragan.
Ayzenberg Porsche 911 Turbo S maşinasida Britaniya rekordini yangilamoqçi bölgan, biroq boşqaruvni eplay olmay qolgan.
Voqea joyiga kelgan tez yordam brigadasi 47 yoşli tadbirkorning hayotini saqlab qololmagan.
Ta'kidlanişiça, 2016 yilda ham Ayzenberg şu joyda halok bölişiga bir baxya qolgan. Öşanda u 370 km/soat tezlikda harakatlanayotganda falokatga uçragan. Tadbirkor şifokorlarning uning yura olmasligidan xavotiriga qaramasdan, 2017 yilda yana poygalarga qaytgan.
2019 yil may oyida Ayzenberg Porsche 911 Turbo maşinasida Uelsdagi Pendine Sands plyajida rekord qiymatdagi tezlikka (534 km/soat) erişa olgan. U, şuningdek, qumda bir neçta jahon rekordini örnatgan.












