Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev ozarboyjonlik harbiylar Jabroyil şahri (Mexakavan) va Toğli Qoraboğdagi bir neça qişloqni egallaşgani haqida ma'lum qildi.

Armaniston mudofaa vazirligidagilar esa TASS agentligiga bergan izohida «bu bayonot (Aliyevning» yolğonligi va heç qanday asosga ega emasligi» haqida ma'lum qilgan.

  • Avvalroq Ozarboyjon hukumati Toğli Qoraboğ şimolidagi Madagiz qişloği ozar harbiylari nazoratiga ötganini e'lon qilgandi. Armaniston tomoni bu ma'lumotni ham rad etib çiqqandi.
  • Jabroyil (Mexakavan) 1993 yildan buyon tan olinmagan Toğli Qoraboğ respublikasi tarkibida. 1991 yildagi ma'lumotga köra (undan keyingi yillarga oid ma'lumot yöq), Jabroyilda 6,3 ming kişi yaşagan.
  • 1990-yillarda boşlangan Toğli Qoraboğ nizosi şu yil sentabr oyi oxirida yana avj oldi. Ziddiyat tomonlari bir-birini provokatsiyalarda va öt oçişni boşlaşda ayblamoqda.