Qozoğistonning SCAT aviakompaniyasi Aqtau – Urganç - Aqtau yönalişi böyiça parvozlarni amalga oşirişga ruxsat oldi. Bu haqda Özbekiston Transport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, 2020 yil 1 avgustdan  boşlab  Urganç aeroportida joriy qilingan "Oçiq osmon" rejimi asosida “Özaviatsiya” agentligi SCAT aviakompaniyasiga 2020 yil 2 oktyabrda Aqtau – Urganç – Aqtau yönalişi böyiça muntazam parvozlarni amalga oşirişga ruxsatnoma berdi.

Bundan oldin, joriy yilning noyabr oyidan boşlab arablarning Air Arabia loukosteri Toşkentga töğridan töğri reysni yölga qöyişi ma'lum bölgandi.

Kompaniya saytida xabar qilinişiça, «Şarja-Toşkent» yönalişi böyiça birinçi reys 4 noyabr kuni amalga oşiriladi. Keyinçalik reyslar çorşanba va şanba kunlari amalga oşiriladi. Çipta narxi - 200 AQŞ dollaridan 246 AQŞ dollarigaça.