Akbar Rizayev Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi direktori etib tayinlandi. Bu haqda fond telegram-kanalida xabar qilindi.

“U uşbu lavozimni 2021 yil 11 fevralda boşladi.

Avvalroq u Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Axborot-tahliliy ta'minoti bölimi boşliği lavozimida işlagan”, deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondining asosiy maqsadi ommaviy axborot vositalariga media bozorida teng şaroit yaratiş, ularni yanada rivojlantiriş hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini röyobga çiqarişda kömaklaşiş hisoblanadi.