Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondida jurnalist va blogerlar bilan uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda fond Vasiylik kengaşi raisi Komil Allamjonov xabar berdi.

Uçraşuvda tuhmat va haqorat uçun jurnalistlarni ozodlikdan mahrum qiliş jazo çorasini yengillaştiriş, jurnalistlarga tazyiq va bosim ötkazganlik uçun mansabdor şaxslarning javobgarligi mexanizmini kuçaytirişga oid prezident qarorlarida belgilangan masalalar muhokama qilindi.

«Hamkasblarimiz bir ovozdan uşbu masalalarni qöllab-quvvatladilar va fikr-takliflarini berdilar», - deb yozadi K. Allamjonov. 

Uning ta'kidlaşiça, barça takliflar umumlaştirilib, Fond nomidan tez kunda AOKA va Adliya vazirligi işçi guruhiga taqdim etiladi. 

«Bevosita soha vakillarining fikri inobatga olinsa, mexanizmlar yanada aniq, nuqsonsiz işlaydi, degan umiddamiz», - deydi fond Vasiylik kengaşi raisi.

Bundan oldin, Komil Allamjonov Özbekistonda jurnalistika böyiça ikkita muhim hujjat imzolaniş arafasida ekani haqida xabar bergandi.

Birinçisi – Prezidentning PQ-4551 sonli qarori ijrosi böyiça AOKA va Adliya vazirligi tuhmat va haqorat uçun ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölgan jazo turlarini tayinlaşni bekor qiliş yuzasidan takliflar tayyorlab, kiritişi lozim. 

Ikkinçisi, davlat organlari va taşkilotlari tomonidan ma'lumot taqdim etmaganlik yoki notöğri ma'lumot taqdim etganlik, şuningdek, OAV faoliyatiga tösqinlik qilganlik va jurnalistlarga bosim ötkazganlik uçun javobgarlikni belgilaşga qaratilgan.