«Umid qilamizki, Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari va Milliy xavfsizlik qömitasi raisi vazifasini bajaruvçisi vaziyatni barqarorlaştirişni uddalaydi», deya qöşimça qilgan Kreml vakili.

General Omurbek Suvanaliyev 6 oktabr kuni mahalliy naşrlarga bergan intervyusida hukumatdagi böşliq va prezident Sooronbay Jeenbekov yöqligi tufayli Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari va Milliy xavfsizlik qömitasi rahbari lavozimlarini öz zimmasiga olişi hamda mamlakatdagi kuçişlatar tuzilmalar faoliyatini muvofiqlaştirişini aytgandi.

U FSB (Federal Xavfsizlik Xizmati) direktori Aleksandr Bortnikov bilan telefon orqali muloqot qilgan.

Qirğiziston Rossiya bilan birga Kollektiv xavfsizlik töğrisidagi şartnoma taşkiloti (KXŞT) va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi a'zosi hisoblanadi. Uşbu mamlakat hududida Rossiya harbiy-havo bazasi joylaştirilgan.

Dmitriy Peskov Moskva hozirda Sooronbay Jeenbekovga boşpana taqdim etiş masalasini körib çiqmayotgani va u Rossiyaga kelmoqçiligi haqida ma'lumot yöqligini aytib ötgan.

Peskov Qirğizistondagi vaziyat böyiça batafsil baho berişdan tiyilgan: «U yerda aynan nima bölayotganini öşa joydagi odamlardan söraş kerak».

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 7-8 oktabr kunlarida Rossiya, Qozoğiston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari bilan telefon orqali boğlanib, Qirğizistondagi vaziyatni muhokama qildi. Barça muloqotlarda Qirğizistondagi vaziyat uşbu mamlakat Konstitutsiyasi va milliy qonunçiligi normalariga muvofiq tez fursatda barqarorlaşişiga umid bildirildi.

Qirğizistonda nimalar bölmoqda?
Qirğizistonda Oq uy va Milliy xavfsizlik davlat qömitasi binosi qamal qilinganidan buyon törtinçi kundirki hokimiyat uçun kuraş ketmoqda. Mamlakatda 4 oktabr kuni ötkazilgan parlament saylovlari natijalari unda iştirok etgan 16 partiyadan 12tasi tomonidan tan olinmagan, muxolifatdagi partiyalar öz tarafdorlarini tinçlik mitinglariga çorlaşgandi, miting namoyişçilarning militsiya bilan töqnaşuvlariga aylanib ketdi.

Öşandan buyon mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekov qirğizistonliklarga faqat videoaloqa orqali murojaat qilmoqda, u aynan qayerdaligi ma'lum emas. Prezidentning matbuot xizmati u Qirğiziston poytaxtida ekanini ma'lum qilgan.

Davlat rahbarining matbuot kotibi Tölğonoy Istamaliyeva «Interfaks» muxbiriga bergan intervyusida Qirğiziston prezidenti öz ixtiyori bilan vakolatlarini topşirişi masalasi körib çiqilmayotganini ma'lum qildi. U şuningdek, Qirğiziston boş vaziri Kubatbek Boronovning iste'foga çiqiş töğrisidagi arizasi kelib tuşmaganini va prezident boş vazir iste'fosini qabul qilmaganini bildirgan.

Qirğiziston MSK saylov natijalarini bekor qilgan va bir oydan keyinga yangi saylovlar belgilagan. Saylov qanday ötişi va unda qaysi partiyalar qanday tarkibda iştirok etişi hozirça noma'lum.

Mamlakatning amaldagi parlamenti yakşanba kunidan buyon töliq tarkibda yiğila olmayapti, bu esa namoyişçilar talab qilayotgan prezidentga impiçment e'lon qilişga va yangi boş vazirni tayinlaşga imkon bermayapti.

Oq uy binosi, boş prokuratura va asosiy davlat telekanali namoyişçilar tomonidan egallab olingan bölsada, prezident şu vaqtgaça öz vakolatlarini topşirmagan.

Özini boş vazir deb e'lon qilgan Sadir Japarov öz murojaatlaridan birida prezidentni özgartirmaslikni taklif qilib, u öz prezidentlik muddatini oxirigaça yetkazib qöyişi kerakligini aytgandi.

Hokimiyat kuraşi boşqa tuzilmalarda ham keçmoqda, tartibsizliklardan keyin bir neça mer va gubernator iste'fo bergan.

«Heç kim yöq»

«Hozir heç kim hokimiyat kimning qölida ekanini bilmaydi. Xavfsizlik va tartib böyiça qonuniy hokimiyat - bizmiz. Boş vazir, boş vazir örinbosarlari, vazirlar va boşqalar - heç kim yöq. Hozirça prezident ham yöq. Barça tuşkunlikka tuşgan körinadi», degan Qirğiziston Xavfsizlik kengaşi kotibi örinbosari Omurbek Suvanaliyev.

U «talonçiliklar va tartibsizliklarning oldini oliş ustida işlanayotgani», ammo namoyişçilarga öt oçilişiga yöl qöyilmasligini bildirgan. Suvanaliyev çegaraçilarga «mamlakatdan biror amaldor çiqib ketişiga yöl qöymaslik» böyiça körsatma bergan.

Yaqin vaqtlar içida u 4 oktyabrdagi saylovlarda parlamentga kiriş uçun yetarli ovoz töplay olmagan muxolifatdagi 12 partiya yetakçilari bilan uçraşuv ötkazişni rejalaştirgan.

Suvanaliyev mamlakatda siyosiy vaziyat keskinligiça qolayotganini ta'kidlagan.

«Siyosiy partiyalar kelişa olişmayapti. Biz töqnaşuvlar röy bermasligi uçun kuçişlatar tuzilmalar bilan barça çoralarni köramiz. Partiyalar vaziyat izdan çiqmasligi uçun muzokaralar stoliga ötirişi kerak», degan u.

5 oktabr kuni keçga yaqin Bişkek va Qirğizistonning boşqa şaharlarida saylovçilarning ovozlari sotib olinganini da'vo qilgan muxolifatçilar ommaviy namoyişlarni boşlaşgandi. Namoyişçilar birin-ketin hukumat binolarini egallaşdi. 

Ikkita muxolif partiya öz vakillarini boş vazir sifatida e'lon qilgan. 

8 oktabr kuni Bişkek şahrida minglab köngillilar köçalarda tartibsizliklar va talonçiliklar kelib çiqmasligini ta'minlaş uçun militsiya bilan hamkorlik qilişi ma'lum qilindi.

Omurbek Suvanaliyev kim?
60 yoşli siyosatçi öz faoliyatini 1981 yilda içki işlar tizimida boşlagan va şov-şuvli işlari tufayli «qirğizlar Kattanisi» laqabini («Sprut» serialidagi komissar Kattani) olgandi. 

Sönggi 20 yilda faol ravişda siyosat bilan şuğullangan, 2006-2007 yillarda içki işlar vaziri bölgan, 2008-2009 yillarda Narin oblastiga gubernatorlik qilgan, köp marta siyosiy sahnadan ketgan va yana qaytib turli lavozimlarda işlagan, u özini «iste'fo beriş böyiça çempion» va «kuçişlatar tuzilmalarda inqirozli vaziyatlar böyiça menejyer» deb atagan.

2019 yil fevralida Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari lavozimiga tayinlangan, keyinroq parlamentga «Butun Qirğizistan» partiyasidan saylaniş maqsadida lavozimini tark etgandi. 4 oktyabrdagi saylovlarida 7,1 foiz ovoz olib, parlamentga kirgan bu partiya saylovda 7 foizlik dovondan ötgan 4 partiya orasida amaldagi hukumatga yaqin bölmagan yagona partiya hisoblanadi.