Özgartişga asosan, 2020 yil 15 oktyabrdan boşlab quyidagilar qöşilgan qiymat soliğidan ozod etilişi kutilmoqda:
2021 yil 1 yanvargaça Özbekiston Respublikasiga şakar va şakar xomaşyosini olib kiriş, şuningdek uni realizatsiya qiliş aylanmalari;
2021 yil 1 iyulgaça Özbekiston Respublikasiga kartoşka, ösimlik yoği, göşt (mol göşti, qöy göşti, tovuq göşti va boşqalar), hayvonlarni (qoramol va parranda) tirik holda va ularni söyişdan olingan mahsulotlarni olib kiriş, şuningdek ularni realizatsiya qiliş aylanmalari.
«Bu tartiblar çetdan mahsulot olib kiriş bilan birga içki bozorda şu bilan şuğullanayotgan tadbirkorlarimiz uçun ham qöllanişi közda tutilmoqda. Şu sababli qonun loyihasi matni keyingi öqişlarda tahririy jihatdan özgartirildi.
Bu öz örnida bozorlarda oşib borayotgan ösimlik yoği, göşt va boşqa iste'mol mahsulotlarining narxi pasayib, barqarorlaşiga olib kelişi zarur», – deb yozdi Kuşerbayev Telegram'dagi kanalida.
Uning sözlariga köra, qonun loyihasi deputatlar tomonidan qöllab-quvvatlangan. Loyihani şu hafta söngida kutilayotgan Senat yalpi majlisiga kiritiş rejalaştirilgan.
Qonun loyihasi deputatlar K.Ernazarov, M.Qurbonboyev va A.Umirov taşabbusi bilan işlab çiqilgan.

















