
Qayd etilişiça, majlisda oxirgi 6 oyda bu yönalişda olib borilayotgan kuraş öz natijasini berayotgani aytilgan.
«Körilgan çoralar natijasida bir qator mansabdor şaxslar qölga olingan bölib, ularga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda hamda tegişli jazo çoralari belgilanişi kutilmoqda», – deyiladi xabarda.
Jumladan:
- Toşkent viloyati Qibray tumani hokimining investitsiya masalalari böyiça örinbosari J.Maşrabov 11 iyun kuni Qibray tumanidan 9 gektar böş yer maydonini 60 ming dollarga sotişni taklif qilib, 35 000 dollarga sotayotgan vaqtda qölga olingan.
- Toşkent şahar hokimligi qoşidagi kapital quriliş boş boşqarmasi boşliği örinbosari B.Allamuratov Çilonzor tumanidagi investitsiyalar va taşqi savdo bölimi boşliği X.Şukuraliyevga 25 iyun kuni Çilonzor tumanidagi 1 gektar yer maydonini 1,4 mln dollarga sotayotgan vaqtda qölga olingan.
- Andijon viloyati Marhamat tumani hokimi yordamçisi U.Alijonov sentabr oyida yaqin aloqalari orqali Marhamat tumani hududidan 11 gektar yer maydoni ajratiş uçun jami 29 000 dollar olayotgan vaqtda uşlangan.
- Farğona viloyati Buvayda tumani hokimining birinçi örinbosari M.Dehqonov oktabr oyida Buvayda tumanida joylaşgan «Erkin iqtisodiy hudud»dan tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş uçun 50 sotix yer maydonini rasmiylaştirib beriş evaziga 20 000 dollar olgan vaqtida qölga olingan.
- Toşkent viloyati Oqqörğon tumani hokimi örinbosari A.Töymaçov, Kadastr bölimi boşliği I.Qoraboyev bilan birgalikda 18 mart kuni Oqqörğon tumanida joylaşgan 1,5 gektar yer maydonini 1500 dollarga sotayotgan vaqtida qölga olingan.
- Toşkent viloyati Böstonliq tumani hokimi örinbosari Z.Mirzaxöjayev avgust oyida Böstonliq tumanida joylaşgan 5 sotix yer maydonini 25 000 dollarga sotayotgan vaqtida qölga olingan.
Yer hisobi va davlat kadastrlarini samarali yuritiş masalalari muhokama qilindi











