Koronavirus pandemiyasi global retsessiyani keltirib çiqardi, endi esa moliyaviy inqirozga ham sabab bölişi mumkin, dedi Jahon bankining boş iqtisodçisi Karmen Reynxart. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.

«Bu moliyaviy inqiroz sifatida boşlanmagandi, ammo endilikda jiddiy moliyaviy oqibatlarga olib keluvçi keng miqyosdagi iqtisodiy inqirozga aylandi», — dedi u.

Reynxart G20 mamlakatlari 15 oktabr kuni koronavirus sababli qaşşoq mamlakatlarning qarzlarini tölaş muddatini yana olti oyga, 2021 yil örtalarigaça uzaytiriş töğrisida kelişib olganidan söng ana şunday bayonot berdi.   

Taşkilotning ma'lumot berişiça, qaşşoq mamlakatlar 2020 yilda tölaşi kerak bölgan qarzlarning 60 foizi Xitoyga töğri keladi. Qayd etilişiça, Pekin rivojlanayotgan mamlakatlarga şaffof bölmagan şartlarda va ança yuqori foizlarda köplab miqdorda qarz bergan. Reynxart Xitoy şu bilan birga qaşşoq davlatlarning qarz yuklarini yengillaştirişda qisman iştirok etayotganligini qöşimça qildi. Ammo 16 oktabr kuni Xitoy markaziy banki G20 taklifini qöllab-quvvatlaşini e'lon qildi, deb yozadi Reuters.

Avvalroq koronavirus sababli Zambiya defolt e'lon qilişi mumkinligi xabar qilingandi. Bu mamlakatning uç milliard dollarlik davlat obligatsiyalariga ega bölgan investorlar Zambiya hukumatining tölovlarni töxtatib turiş töğrisidagi iltimosiga rozi bölişmasa yuz beradi.