Erdöğan Turkiyaga taşrif buyurgan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan qöşma matbuot anjumanida şunday bayonot bergan.
“Turkiya Ukrainani mintaqamiz barqarorligi va xavfsizligini ta'minlaş nuqtai nazaridan asosiy mamlakat deb biladi. Şuning uçun biz doimo Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qöllab-quvvatlaymiz”, deya ta'kidlagan Erdöğan.
Turkiya rahbarining qöşimça qilişiça, Anqara yarimorolning “qöşib olinişini” tan olmaydi va Ukraina bilan birgalikda “Qrim tatarlarini qöllab-quvvatlaydi”.
Öz navbatida, Zelenskiy Erdöğanga yarimorolni Ukrainaga qaytarişga qaratilgan Qrim platformasi loyihasida iştirok etişga tayyorligi uçun minnatdorlik bildirgan.












