Nebulayzer - bu suyuq dorini soliş yöli bilan dorini juda mayda zarraçalarga bölib, öpka töqimasining eng çuquriga yetkazuvçi va yaxşi natijalar beruvçi tibbiy moslama. Nebulayzer nafas oliş tizimi kasalliklarida, öpka surunkali kasalliklarida, respirator kasallik, mukovissidoz, bronxial astma kasalliklarida qöllaniladi. 

Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi Barno Abdusamatova AOKAda ötkazilgan brifingda koronavirusdan uyda davolanişda nebulayzer orqali dori bersa böladimi, degan savolga javob qaytardi.

«Surunkali kasalliklari bor bemorlarga kasallik xuruji paytida uy şaroitida ingalyatsiya (dori moddalarini nafas yöllariga kiritiş)ni yoki nafas olişga yordam beruvçi qurilma (nebulayzer)dan foydalanişni tavsiya etişimiz mumkin. Lekin koronavirus kasalligida nebulayzer qöllanilişi tavsiya etilmaydi. Çunki bunda dorini mayda zarraçalarga bölib berilişi bilan virus va dorilar hajmi bir xil bölib qoladi. Viruslarni uşbu yöl bilan öpka töqimasiga dori bilan birga yana ham çuqurroq kirişiga yöl oçib beramiz.

Ikkinçidan, uyda davolanayotgan davrda virusning buğsimon tarqaliş yöli bilan atrofga tarqalişini tezlaştirişimiz va köpayişiga yöl oçib berişimiz mumkin», - dedi ştab a'zosi.