Germaniya prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer soqçilaridan birida koronavirusga olingan test natijasi musbat çiqqanidan söng karantinga ketdi. Bu haqda federal prezident idorasi vakili ma'lum qildi.

Dpa agentligining yozişiça, gap prezident bilan muloqotda bölgan jinoiy politsiya federal idorasi xodimi haqida bormoqda. 64 yoşli Ştaynmayyer koronavirusga test topşirgan, natija manfiy bölganligi xabar qilingan.

Germaniyada oxirgi sutkada koronavirusga çalingan 7830 kişi aniqlangan. Robert Kox nomidagi institutning qayd etişiça, bu pandemiya boşlanganidan buyon eng yuqori körsatkiçdir.

Avvalroq Germaniya kansleri Angela Merkel şaxsiy murojaat bilan çiqib, nemislarni ijtimoiy aloqalarni çeklaşga va sayohatlarni minimal darajaga tuşirişga çaqirgandi.