Bu haqda 19 oktabr kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 2021 yilga möljallangan davlat budjeti parametrlari muhokamasiga bağişlangan videoselektor yiğilişida aytib ötildi.
Şavkat Mirziyoyev kelgusi yilgi budjetni rejalaştirişda pandemiyaning davom etişi, jahondagi iqtisodiy faollik pasayişini inobatga oliş kerakligini ta'kidladi.

Qayd etilişiça, kelgusi yilda ilk bora onkogematologiyaga qariyb 90 milliard söm (8,6 million dollar) ajratiladi. Şuningdek, tamaki savdosidan olingan aksiz soliğining 7 foizi Onkogematologik va davolaş qiyin bölgan kasalliklarga çalingan bemorlarni soğlomlaştirişga kömaklaşiş jamğarmasiga ötkazib beriladi.
Şu bilan birga, kelgusi yilda birinçi marta gemodializga muhtoj kasallarga tibbiy xizmatlar körsatiş qamrovini 100 foizga yetkaziş uçun 130 milliard söm (12,5 million dollar) yönaltiriladi.

Yiğilişda aytilişiça, pandemiya şaroitida ijtimoiy sohaga ajratiladigan xarajatlar joriy yilga nisbatan kamida 15 foizga oşirilişi rejalaştirilmoqda. Jumladan, keyingi yilda maktabgaça ta'lim qamrovi darajasini 70 foizga, bunda xususiy sektor uluşini 25 foizga yetkaziş maqsad qilingan.

Xalq ta'lim vazirligiga budjetdan ajratmalar 16 foizga oşiriladi.

Maktablarni tezkor internetga ulaş böyiça birinçi marta budjetdan 100 milliard söm (9,6 million dollar), jihozlaşga 200 milliard söm (19,2 million dollar) yönaltiriş nazarda tutilmoqda.
Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi ma'lumotiga köra, 19 oktabr kuni mamlakatda 304 holatda koronavirus infeksiyasini yuqtirib oliş holati qayd etildi. 4 nafar koronavirusga çalingan bemor vafot etib, jami körsatkiç 531 nafarga yetdi. Kasallik qayd etilgan jami 63 607 nafar bemordan 60 717 nafari soğayib, davolaniş körsatkiçi 95 foizni taşkil etmoqda.











