21-22 dekabr kunlari «Ipak yöli» turizm xalqaro universitetida X FLTAL-2020 onlayn-anjumani bölib ötdi. Unda yigirmata davlatdan yuzga yaqin iştirokçi qatnaşdi.

Ma'lumot örnida aytiş mumkinki, FLTAL uyuşmasi Özbekistonda çet tillar öqitiş sohasida jahon pedagogik innovatsiyalari va eng sönggi ilmiy-metodik tadqiqotlarni taqdim etib kelmoqda.

Anjumanda Qozoğiston, Rossiya, Xitoy, Singapur, Yaponiya, Tailand, Turkiya, Italiya, Kanada, Saudiya Arabistoni, Vengriya, Qatar, Janubiy Koreya, AQŞ, Sloveniya, Yangi Zelandiya, Isroil, Qirğiziston, Eron, Falastin kabi mamlakat vakillari iştirok etişdi.

Tilşunoslik professori Azamat Akbarov taşabbusi bilan asos solingan FLTAL uzoq yillar davomida haqiqiy brendga aylandi, ilmiy doiralarda keng tanildi. Çunki u oz emas, köp emas, filolog olimlar, tilşunoslar, til öqituvçilarining öziga xos olimpiya öyinlari kabi ötadi. Nufuzli jahon ekspertlari taassurotiga köra, mutaxassislarning anjumanda namoyiş etilgan amaliy pedagogik va ilmiy-tadqiqot işlarida bevosita erişgan yutuqlari metodik ta'lim jarayonini jiddiy çuqurlaştiriş va takomillaştiriş, samarali natijaga erişişga ketadigan vaqtni sezilarli darajada qisqartiriş, zamonaviy tilşunoslik rivojida yangi istiqbollar va rivojlaniş yöllarini belgilab oliş imkonini berdi.

Konferensiya taşkilotçilari – «Ipak yöli» turizm xalqaro universiteti, Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi va Pekin xalqaro aloqalar universiteti bunday loyihani munosib ravişda jahon talablari darajasida amalga oşirişga erişdi.

Konferensiyada faol qatnaşgan talabalar orasida «Eng yaxşi maqola» nominatsiyasi böyiça taqdirlaş marosimi ötkazildi. Uşbu rağbat talabalarni ilmiy maqolalar yozişga va bu kabi xalqaro miqyosdagi tadbirlarda akademik könikmalarni rivojlantirişga yordam berişi şubhasiz.

Anjumanning oçiliş marosimida Pekin Xalqaro aloqalar universiteti prorektori Çeng Vey, Özbekiston davlat Jahon tillari rektori Uluğbek Azizov, Qoraqalpoğiston Milliy universiteti prorektori Atabek Alimov öz nutqlari bilan konferensiya iştirokçilari oldida çiqiş qilişdi.