Joriy yilning 19 oktabr kuni videokonferensiya şaklida Özbekiston va Yevropa ittifoqi (YeI) örtasida hamkorlik böyiça kiçik qömitaning uçinçi yiğilişi bölib ötdi.
Yevropa tomonidan Yevropa komissiyasining Hamkorlikni rivojlantiriş böyiça boş direktorati Yaqin Şarq/Fors körfazi, Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo bölimi rahbari Sara Rinaldi, Yevropa taşqi işlar xizmati Markaziy Osiyo departamenti rahbari Boris Yaroşeviç iştirok etdi. Investitsiyalar va taşqi savdo vazirining örinbosari Şuhrat Vafoyev kiçik qömita yiğilişining Özbekistondan hamraisi böldi.

Kiçik qömita uçinçi yiğilişining asosiy maqsadi 2014-2020 yillarga möljallangan köp yillik indikativ dasturni amalga oşirişdan olingan tajribani hamda Özbekiston hukumatining joriy va örta muddatli islohotlarga nisbatan ustuvor yönalişlarini aniqlaş va muhokama qilişdan iborat böldi. Şuningdek, Sara Rinaldi 2021-2027 yillarda hamkorlikning navbatdagi dasturiy sikliga tayyorgarlik işlari töğrisida ma'lumot berdi hamda Özbekiston manfaatdor tomonlarini uşbu jarayonning faol iştirokçilari bölişga taklif qildi.
Yiğilişda bir neçta tarmoq vazirliklari, ya'ni Qişloq xöjaligi, Bandlik va mehnat munosabatlari, Innovatsion rivojlaniş, Oliy va örta maxsus ta'lim hamda Suv xöjaligi vazirliklari, şuningdek, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi vakillari iştirok etdi. Ular asosiy vazifalari va hamkorlikning ustuvor yönalişlari haqida ma'lumot berdi. Bundan taşqari, Yevropa ittifoqiga a'zo davlatlar yiğilişga Team Europe qöşma taşabbusi doirasida qöşilişdi.
Bugungi kunda Yevropa ittifoqi öz faoliyatini Özbekistonda 2014-2020 yillarga möljallangan, umumiy qiymati 168 million yevroni taşkil qiluvçi köp yillik indikativ dastur va qişloq xöjaligi, qişloqlarni rivojlantiriş kabi yönalişlar doirasida amalga oşirmoqda. Keyingi dasturlaş sikli uçun iştirokçilar hamkorlik kölamini kengaytiriş va raqamli iqtisodiyot, ta'lim, Orol dengizi mintaqasining ekologik innovatsion rivojlanişi, investitsiya muhiti kabi sohalarni qamrab olişni taklif qilişdi.
Sara Rinaldining ta'kidlaşiça, Yevropa ittifoqini 2020 yildan keyin rivojlantiriş böyiça hamkorlik dasturlarini rejalaştiriş COVID-19 pandemiyasi tufayli yanada qiyin şaroitga töğri keldi.

«COVID-19 inqirozidan qutuliş barqaror, ijtimoiy adolatli, bardoşli va iqlimga neytral iqtisodiyotni ta'minlaş zarurligiga asoslanişi kerak. Yevropa komissiyasining umumiy siyosiy ustuvor yönalişlari bilan bir qatorda, Barqaror rivojlaniş maqsadlari Yevropa ittifoqini rivojlantiriş böyiça hamkorlikning asosiy maqsadi bölib qoladi. Team Europe taşabbuslari yangi dasturning asosiy xususiyati böladi. Bu - Yevropa ittifoqi va a'zo davlatlar taraqqiyotiga köproq ta'sir ötkaziş maqsadida kengaytirilgan dasturlarni yaratiş uçun kuçlarni birlaştirgan asosiy dasturdir», - dedi u.











