Davlatning milliyligi va özligi timsoli bölgan ona tilini rivojlantiriş hamişa eng muhim yönalişlardan bölib kelgan. Joriy yil 21 oktabr – Özbek tili bayrami kuni butun mamlakat miqyosida keng nişonlanmoqda.


Andijon şahridagi Alişer Navoiy nomli madaniyat va istirohat boğida ham sanaga bağişlangan tantanali tadbir bölib ötdi. Unda viloyat hokimligi, korxona va taşkilotlar, ta'lim muassasalari hamda keng jamoatçilik vakillari, yoşlar iştirok etdi.

Tadbirda söz olgan viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov bugungi kunda ona tilimizning jamiyatdagi örni va nufuzini oşiriş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirilayotgani, Andijon Davlat Universitetida ana şunday maqsadlarni közlagan «Luğat markazi» iş boşlaş arafasida ekanligi haqida gapirib barçani Özbek tili bayrami bilan tabrikladi. ADU professor öqituvçilari va talabalar bayramning özbek millatining özligini saqlab qolişdagi örni haqida sözladilar.

Tantana söngida ma'naviyat sohasida xizmat qilayotgan tört nafar ziyoliga «Ma'naviyat fidoyisi» kökrak nişonlari topşirildi.

 Elmurod Ermatov, Andijon