Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bölib ötdi.

Unda B.Alixanov va N.Umarovni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining deputatlari röyxatidan çiqariş va Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zoligiga tayinlangan B.Alixanov va N.Umarovni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zolari etib röyxatga oliş masalalari körib çiqildi.

«Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatining va Senati a'zosining maqomi töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonunining 4-moddasi hamda Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi 39-Qiziltepa saylov okrugidan saylangan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi deputati Boriy Batiroviç Alixanov hamda 82-Şörçi saylov okrugidan saylangan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi deputati Nariman Majitoviç Umarovning bergan yozma arizasiga asosan ularning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilganligi yuzasidan qaror qabul qilindi.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi prezidentining «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolarini tayinlaş töğrisida»gi 2020 yil 20 oktyabrdagi farmoniga asosan hamda Özbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 75-moddalariga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Boriy Batiroviç Alixanov va Nariman Majitoviç Umarovni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari etib röyxatga oldi.