19 noyabr kuni AOKA majlislar zalida Oliy Majlis Senati a'zolari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi.

Tadbirda Kun.uz muxbiri Senat tomonidan 5 oy oldin ma'qullangan “Davlat tili töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining Qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonunning keyingi taqdiri bilan qiziqdi.

“Senat bu qonunni ma'qullagandi, lekin şundan keyin uning taqdiri noma'lum qoldi. Xöş, keyin nima böldi, u amalga kirdimi yoki yöqmi?” – deya savol bilan yuzlandi jurnalist.

Senator Narimon Umarov savolga javoban bu qonun yangi tahrirda Senatga hali kirmaganini bildirdi.

“Davlat tili töğrisida”gi qonun yangi tahrirda bizga kirmagan. Buni kimlardir işlayotganidan xabarimiz bor. Lekin bu hali loyiha sifatida ham körilmagan. Ma'lumotingiz uçun, Qonunçilik palatasidan bizga hali kirib kelmagan”, – dedi Umarov.

Şundan söng jurnalist tuşunmovçilik bölayotgani, uşbu qonun Senatda allaqaçon ma'qullanganini tuşuntirişga urindi. Ammo Narimon Umarov yanglişmayotganini qat'iy ta'kidladi.

“Ilyosjon, biz keça-kunduz Senatda ötirib işlaymiz, siz esa yodingizga bir kelganda Senat bilan gaplaşasiz. Kirgan bölsa, aytardik. Kirgan derdik. Qonunçilik palatasidan sörang, döstim. Bizda yöq. Nima, yoş bolaga öxşab bir-birimizni aniqlaştiramizmi endi?

Kimdir saylov oldidan qonunda özgariş qilaman deb yuribdi, lekin bu hali özgariş degani emas. U qonun hali kirişi kerak, loyiha sifatida qabul qilinişi kerak”, – dedi Senat a'zosi.

Ma'lumot uçun, “Özbekiston Respublikasining Davlat tili töğrisida”gi qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun loyihasini Qonunçilik palatasi şu yilning 24 mart kuni qabul qilgan