Payşanba kuni Pxenyan köçalari deyarli böşab qoldi.

Şimoliy Koreya - Yer yuzidagi eng yopiq davlatlardan biri hisoblanadi. Uşbu davlat öz vaqtida çegaralarni yopgani va fuqarolar harakatini çeklagani tufayli Covid-19 kirib kelişiga yöl qöymagani aytiladi. Mamlakatda yanvar oyidan buyon yuqori şaylik rejimi amalda bölib turibdi.

Havodagi çang va koronavirus orasidagi boğliqlik haqida ilmiy dalillar mavjud emas.

Mintaqa uçun mavsumiy çang böronlari odatiy holat. Xitoy va Möğulistonga xos bölgan sariq tuproq osonlik bilan mayda zarralarga ajraladi va şamol esgan vaqtda havoga kötarilib, odamlarning köz va burunlariga qum töladi.

Osiyodagi yana bir davlat Turkmanistonda ham hukumat «zararli çang»dan himoya uçun aholiga niqob taqişga körsatma bergandi.

Taxminlarga köra, Turkmanistonda odamlar niqob taqişi sababi koronavirus tarqalişi bilan boğliq, ammo hukumat mamlakatga Covid-19 kirib kelmaganini aytişda davom etmoqda.

«Zararli virus hujumi»
KXDR markaziy televideniyesi çorşanba kuni yaqin kunlar uçun ob-havo prognozida çang böroni haqida ogohlantirdi. Alohida farmoyiş bilan mamlakatda oçiq osmon ostidagi barça quriliş işlari töxtatildi.

Şimoliy Koreyada ham, Janubiy Koreyada ham ğarbdan keluvçi çang oqimini köpinça Xitoy sanoat korxonalaridan çiquvçi zararli gazlar bilan adaştirib yuborişadi va «bu tabiat hodisasi» insonlar hayoti uçun xavf tuğdiradi.

Payşanba kuni Şimoliy Koreya Kompartiyasining asosiy organi «Nodon sinmun» barça mehnatkaşlarni çang buluti orqali keladigan virus hujumidan ogoh bölişga çaqirdi.

Bunday ogohlantiriş Pxenyandagi xorijiy elçixonalarga va xalqaro taşkilotlarning ofislariga ham yuborilgan.

Diplomatlarga imkon qadar köçaga çiqmaslik va derazalarni mahkam tambalaş tavsiya qilingan. 

Çang böroni Covid-19 tarqatişi mumkinmi?
Şimoliy Koreya davlat ommaviy axborot vositalari koronavirus havo yöl orqali tarqalişiga jiddiy e'tibor qaratiş zarurligini uqtirmoqda.

Şimoliy Koreyadagilar koronavirusga jiddiy yondaşadi. Pxenyandagi restoranlar şu tarzda zararsizlantiriladi

AQŞ kasalliklarni nazorat qiliş markazi ma'lumotlariga köra, koronavirus havoda bir neça soat davomida saqlanib turişi mumkin. Şu bilan birga, ayniqsa oçiq osmon ostida odamlar yoki yuzalar bilan kontaktda bölmasdan virus yuqişi ehtimoli deyarli yöqligi aytiladi.

Covid-19 asosan kasallangan bemor bilan aloqa tufayli yuqadi, virus tarqatuvçi gapirganida, yötalganida va aksirganida kişi köziga körinmas tomçilar orqali virus yuqtiradi.

Janubiy Koreyadagi naşrlar ham Xitoydan keluvçi sariq qum koronavirus tarqatişi ehtimoli yöqligini yozmoqda.

KXDRda koronavirus yöqligi haqidagi rasmiy bayonotlarga qaramasdan, hukumat bu muammoga jiddiy e'tibor qaratmoqda. Mamlakat rahbari Kim Çen In doimiy ravişda bu masala böyiça yuqori darajada yiğilişlar ötkazib turadi va ijtimoiy masofa saqlaş çoralariga qat'iy amal qilişni talab qiladi.

Ekspertlar mamlakatda birorta ham bemor yöqligi haqidagi ma'lumotlarga işonçsizlik bilan qaraşadi.

Juma kuni Koreya yarimoroli osmoni çang bulutidan tozalandi, sinoptiklarning prognozlariga köra, dam oliş kunlarida bulut bölişi kutilmayapti.