Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov ta'lim sohasidagi islohotlar öz natijasini berişi uçun vaqt talab etilişi haqida gapirdi. 

«Ilgari bayram tadbiri bölsa, «Turkiston» saroyida ötkazilardi. Aksariyat öqituvçilarimiz esa paxta dalasida bölardi. Bu yil öziga xos juda katta tadbir ötkazildi va bu tadbirda prezidentimizning özi çiqib, katta dasturiy islohotlarni belgilab berdi.

Ta'lim sohasi şunday sohaki, undagi islohotlar öz mevasini juda köp vaqtdan keyin beradi. Köçalarda savodsiz yozuv, reklamalarni körganimizda «mana, ta'lim yomon», deb gapiramiz. Aslida, bu yillar davomidagi işlar oqibati: öqituvçilar köça supurgan, paxta tergan, öqituvçini hammaga xizmat qiladigan darajaga tuşirib qöygan edik. 

Oxirgi yillarda davlat rahbarining siyosiy irodasi tufayli öqituvçilar obrösini kötariş böyiça keng kölamli işlar boşlandi», – deya Şerzod Şermatovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.